So’nggi yangiliklar

19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  15 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  18 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5

Sergey Arslanov: "Navbahor" juda tartibli va yaxshi tashkillashtirilgan himoya namoyish qildi" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Navbahor" juda tartibli va yaxshi tashkillashtirilgan himoya namoyish qildi"

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda, "Navbahor" jamoasini navbatdagi g'alaba va kubokda keyingi bosqichga yo'l olganliklari bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, alamli mag'lubiyat. Harakatlarimiz yaxshi bo'ldi. "Navbahor"dek yaxshi tashkil qilingan jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin bo'ldi. Biz muxlislar "Navbahor"ni qanday qo'llab turishganini juda yaxshi his qildik. "Surxon" futbolchilari bunga dosh bera olishdi va yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Afsuski, natija ijobiy bo'lmadi.

- "Surxon" jamoasi muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatmoqda. Biroq, bugun negadir uzoqdan zarbalar ko'rmadik?

- Bizning harakatlarimiz har doim raqib jamoa harakatlaridan kelib chiqqan holda bo'ladi. Bugun hammamiz ko'rdikki, "Navbahor" juda tartibli va yaxshi tashkillashtirilgan himoya namoyish qildi. SHu sabab ham bizga uzoqdan zarba berish va jarima maydoniga kirish qiyin bo'ldi. O'tkazib yuborilgan goldan keyin bo'sh hududlar paydo bo'la boshladi. Biz bundan foydalanishga harakat qildik, ammo realizaciya masalasi oqsadi. Bazi vaziyatlarda hakamning qarori bizning foydamizga bo'lmadi. Buni muhokama qilmoqchi emasman. Savolga qaytsak, raqib bizga uzoqdan zarba berishga imkon qoldirmadi.

- "Surxon" oldiga ushbu mavsum qanday maqsad qo'yilgan?

- Ko'p beriladigan savol. Jamoamiz yoshligidan kelib chiqsak, bizda maqsad har doim yuqori qo'yiladi. Bizda sovrinli o'rinlarni egallash bo'yicha aniq bir maqsad qo'yilmagan, ammo har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Bu yoshda eng muhimi shu. Yigitlarimiz yosh, ularni yorqin kelajak kutib turibdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика