So’nggi yangiliklar

21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  5 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  27 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3

Sergey Arslanov: "Bugun haqiqiy triller guvohi bo'ldik" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Bugun haqiqiy triller guvohi bo'ldik"

O'zbekiston Kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Bugun haqiqiy triller guvohi bo'ldik. 120 daqiqa ichida juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Vaziyat biz uchun goh ijobiy, goh salbiy tomonga o'zgarib turdi. Ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqishga bel bog'lagandi. Biz muxlislarga gollardan tashqari ajoyib emociyalar ham taqdim etdik. Ikki jamoa ham juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Muxlislarimizga rahmat aytaman. Ular bizga oxirigacha muxlislik qilishdi. Klubimizga befarq bo'lmagan barchani g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugungi rotaciyalar faqatgina kubok uchrashuvi bo'lgani uchun qilindimi yoki jamoaning holati sababmi?

- Ha, to'g'ri aytdingiz. Bugun katta masshtabdagi rotaciya amalga oshirdik. Kubok bo'lgani uchun bu qarorga kelmadik. Bizga xattoki o'rtoqlik uchrashuvi ham muhim. Kubok va chempionat o'yinlari orasidagi vaqt uncha katta emas. Futbolchilar esa har bir o'yinda katta energiya yo'qotishadi. SHu sababdan ham biz bugun katta rotaciyani amalga oshirishga qaror qildik. Yigitlar ishonchni oqlashdi. Eng muhimi esa rasmiy uchrashuvda o'yin amaliyotiga ega bo'lish.

- Jahongir Abdusalomovning asosiy tarkibdagi o'rni borasida so'ramoqchiman. Unga kam o'yin amaliyoti beriladi. Biroq, o'ziga berilgan imkoniyatlardan foydalanmoqda. Masalan, bugun ham ikkita gol urdi.

- Jahongir bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. To'pni ushlash, raqib darvozasi yonida juda ko'p xavfli vaziyalar yaratish – bu hujumchidan talab qilinadigan jihatlar. Abdusalomov aynan shu ishlarni amalga oshira oldi. Nimelini maydonga tushirib, biroz tavakkal qildik. Hujumdagi holatni yanada yaxshilashga urindik. Jahongirga kelsak, biz uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. U texnik jihatdan kuchli, o'yinni o'ziga olishni biladi. Eng muhimi, u qachon maydonga tushmasin, o'yinni kuchaytiradi. Jamoada raqobat qiladigan o'yinchilar bo'lsa, bu hamma uchun yaxshi. CHunki sizda har doim tanlov bo'ladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика