So’nggi yangiliklar

12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  3 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  4 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  10 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  13 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  17 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8

Sergey Arslanov: "Bu g'alaba sensaciya emas" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Bu g'alaba sensaciya emas"

Coca Cola Superliga 6-turi doirasida "Bunyodkor" mag'lub etilganidan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirdi.


- O'yin hodisalarga boy bo'ldi. Hujumlar, qizil kartochka va jang... Bunday uchrashuvlardan foyda katta bo'ladi. Bugungi g'alabaga bo'lgan xohish uchun futbolchilarga rahmat aytaman, ayniqsa uchrashuvning eng yaxshisi bo'lgan Jumaevga. U birinchi golini urishga erishdi. O'tgan uchrashuvda golli pas bergan edi, bu safar esa gol urdi. O'yin kurashlarga boy o'tdi, lekin g'alabani sensaciya deb o'ylamayman. Yigitlar maydonda yaxshi harakatlanishdi. Ularning mehnati bugungi g'alabaga asos bo'ldi deb o'ylayman va albatta murabbiylarning mehnati ham bu erda o'rni beqiyos.

- 5ta o'yinga chetlatilgan Ergashev, "Bunyodkor" himoyasining asosiy "figura"si va uning yo'qligi bugun "qaldirg'ochlar" uchun katta muammo bo'ldi. "Surxon" jamoasi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida Ergashevning diskvalifikaciyasini hisobga olgan holda yangi o'yin uslubi tuzdimi?

- Ha, albatta buni hisobga olgan edik. U "Bunyodkor"ning asosiy o'yinchilaridan biri va uning yo'qligi raqibimiz uchun katta muammo bo'lgandir. Biz uchun esa foyda bo'ldi, chunki biz g'alabaga erishdik.

- "Surxon" jamoasi kutilayotgan natijalardan, ko'ra yaxshiroq natijaga erishayotganiga nima sabab bo'lmoqda?

- Ko'p yigitlar yosh. Imkoniyat berdik va ular bundan yaxshi foydalanishmoqda. Tarkibimizdagi yigitlarda katta tajriba yo'q va shu sabab ular milliy chempionat doirasida o'zini tanitishga harakat qilishmoqda. Bizning yigitlarga ko'pchilik qiziqish bildirishni boshladi. Bularning barchasi o'zlarining mehnati va bunga loyiq.

- Aziz Isoqov haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Isoqov tizzasidan jarohat olgan edi va mashg'ulotlarga qaytdi. Hozir tiklanish jarayonini o'tamoqda.

- U qaytganidan so'ng, asosiy darvozabon kim bo'ladi?

- Qiziq savol. O'ylaymanki bunday muhit sog'lom raqobatga olib keladi va shu sabab futbolchilarda o'sish kuzatiladi. Natijaga erishish uchun raqobat kerak, albatta.

- Qizil kartochkadan so'ng jamoa hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Ushbu holatga fikr bildirib o'tsangiz?

- Qizil kartochka o'yinimizga tasir o'tkazdi. CHetlatishdan so'ng ikki chiziq bo'lib o'ynadik, aslida 10 kishi bo'lib bunday harakat qilish juda qiyin. Hujumga o'tayotgan vaqtda futbolchilar ko'proq masofa bosib o'tishi kerak bo'ladi. Yigitlar namunali o'yin namoyish etishdi va adolatli tarzda g'alaba erishdik.

- Uzoq masofadan kelgan muxlislar haqidagi fikringiz va ularning bugun yasagan perfomansi haqida gapirib o'tsangiz?

- Futbolda muxlislarning roli katta, ular bizga katta yordam berishmoqda. Qaerda o'ynamaylik, ular biz bilan va bu holat albatta quvonarli. Umid qilamanki, uyda o'z stadionimizda o'ynaydigan pallalar keladi va biz ularni hali ko'p xursand qilamiz.

- "Surxon"ning stadionidagi holat qanday?

- Bu narsa bizga bog'liq emas. Jamoa rahbariyati stadion bo'yicha ish olib bormoqda. Men murabbiylar shtabi vakili sifatida bu holatga aralasha olmayman, lekin o'zimizning stadionimizga qaytishimizni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. O'ylaymanki, Termizdagi birinchi uchrashuvimizda stadion muxlislarga to'lib toshadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика