So’nggi yangiliklar

22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  34 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Sergey Arslanov: "Biz Nimelini yozdayoq berib yuborish haqida o'ylamayapmiz" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Biz Nimelini yozdayoq berib yuborish haqida o'ylamayapmiz"

"Surxon" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 11-tur o'yinidan (1:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Sergey Arslanov: "Ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda chetlatishlar guvohi bo'ldik, ikkinchi bo'limda esa vaziyatga qarab harakat qildik. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman, ular maydonda borini berishdi. O'yinni raqib maydoniga ko'chirishga harakat qildik, bu qiyin bo'ldi, ammo bir nechta qarshi hujumlar tashkil qila oldik. 

- Muxlislar uchun o'yin zerikarlidek ko'rindi, siz bahs darajasiga qanday baho berasiz?

- Namangandagi so'nggi uchrashuvimiz va bugungi to'qnashuvni solishtiradigan bo'lsak, ha, "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda boshqa tezlik namoyish etildi. Ikkala jamoa ham ochko olishga harakat qildi. Gol haqida to'xtaladigan bo'lsak, gol bu bir jamoaning omadli yoki omadsiz harakatlari ketma-ketligi samarasi hisoblanadi.

- Bu yil legioner hujumchilar o'zini yaxshi ko'rsata olmoqda. Klublarimiz nihoyat selekciyada yaxshi ishlashmoqdami?

- Menimcha, klublarda legioner tanlashda imkoniyat oshdi va ular tanlab-tanlab futbolchi olishmoqda. Bundan faqat yutamiz. Biz, klublar, muxlislar.

- Nimeli yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Yozda uni ilib ketishlaridan qo'rqmaysizmi?

- Namangada ham shunga o'xshash savollar berishgandi. Biz yosh futbolchilarni etishtirib berish uchun ishlayapmiz. "Surxon" bundan xursand bo'ladi.

- Jamoaning hujumi Nimeliga bog'liq bo'lib qoldi deb o'ylamaysizmi? Uning ketishi o'yin sifatiga tasir qilishi mumkinmi?

- Biz Nimelini yozdayoq berib yuborish haqida o'ylamayapmiz. Futbol - jamoaviy o'yin. Almashtirib bo'lmas o'yinchilar yo'q, biroq Nimeli ketishini ko'rib chiqmayapmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика