"Neftchi" murabbiyi Boshkovich shtabida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025, 16:27
O'tgan mavsum Farg'onada faoliyat yuritgan Sergey Arslanov endi Jizzax klubida ishlaydi.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi. 

"Neftchi"da Levchenkoning shtabida faoliyat olib borgan mutaxassis Sergey Arslanov jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida "So'g'diyona"ga o'tdi", – deyiladi xabarda.

39 yoshli mutaxassis bunga qadar "Surxon" va "Dordoy" jamoalarida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt