So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  0 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Sergey Lushan: "Jamoamni taniy olmayapman" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Jamoamni taniy olmayapman"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Sergey Lushan qatnashdi.
"0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng qanday taassurotlar bo'lishi mumkin? Yutqazdik. Birinchi bo'limda biz o'yinni butkul boy berdik. Gol o'tkazgach jamoam o'ynamay qo'ymoqda. Jamoaga nima bo'layotganini tushuna olmayapman", - deydi Sergey Lushan. 

- SHomurodovning qizil kartochkasiga munosabatingiz qanday? 
- Qoida bor, futbolchi ikki marta sariq kartochka olsa chetlatiladi. Yoshlarda istak bor, ammo aql kamroq. 

- Jamoa OCHLda, oliy ligada gol ura olmayapti...
- Agar bunga nima sabab bo'layotganini bilganimda edi...Ikki uch o'yinda jamoamni tanimayapman. Terma jamoaga ketgan futbolchilar klubga qaytgach o'yini chiqmayapti. 

- Vohid SHodiev bugun maydonga tushmadi...
- O'tgan o'yinda qizil kartochka olgandi. SHu bois tushmadi. 

- "Bunyodkor" muxlislari o'yin davomida turli hayqiriqlarni baqirishdi...
- Bunga oddiy munosabatdaman. Muxlislar hayqirishlari uchun ham kerak. Ammo jamoada ishlayotganimdan to'la qoniqayapman. 

- Yangi Zelandiyadagi mundialga yana bir qator futbolchilar ketishadi. Muammoni qanday bartaraf etmoqchisiz? 
- To'g'ri ular Jahon chempionatiga jo'nab ketishadi. Ular ketishsa yoshlar jamoamiz azolari bilan o'ynaymiz, hayot davom etadi. 

- Jamoada moliyaviy muammo yo'qmi? 
- Yo'q hech qanday muammo yo'q. Agar bo'lganida futbolchilar bu haqda menga aytgan bo'lishardi.  

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика