So’nggi yangiliklar

16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  3 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  6 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  11 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0

Sergey Lushan: "Superhujumchi qidirayapmiz" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Superhujumchi qidirayapmiz"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Natijadan qoniqdim. O'yin sifatidan 60 daqiqagacha qoniqdim. Ko'plab vaziyatlar sodir qildik. G'alati gollarni o'tkazib yuborayapmiz. Ishlashda davom etamiz", - deydi Lushan.

- "Bunyodkor" hozir qora kunlarni boshdan kechiryapti desak bo'ladimi?

- OCHLda biz kuchli klublarga qarshi o'ynadik. Penaltidan gol o'tkazib yutqazib qo'ydik. Raqib safida shunday ijrochilar borki bitta vaziyatdan bitta gol uradi. Bizga esa gol urish uchun 8ta vaziyat kerak bo'lmoqda...Yoshlarda ishtiyoq kuchli, ammo aniqlik kamroq. Superhujumchini qidirayapmiz. Ishlashda davom etayapmiz, asosiy maqsadimiz terma jamoalarga saviyali futbolchilar etkazib berish. Men o'yinni asosan raqamlar, statistika bo'yicha tahlil qilaman. Qaysidir futbolchi o'yinda yaxshi o'ynaydi, ertasiga uning ko'rsatkchilarini ko'rsam, buning aksi bo'ladi. Agar bugun imkoniyatlardan foydalana olganimizda hisob boshqacharoq bo'lardi.

- Bugun jamoadagi yoshlarning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Menimcha Doston Hamdamov 50 daqiqa yomon ko'rinmadi. Komilov raqibdan to'p olib qo'yishda harakatchan, ammo biroz hayajoni bor. Orada FIFA kunlari bo'ldi. Bundan tashqari yoshlar terma jamoasiga bir qator futbolchilarimiz ketishdi. U erdan qaytib kelishgach shogirdlarimning jismoniy holati turlicha bo'lib ketdi. Ammo bu barcha joyda bor, terma jamoaga futbolchi etkazib berish biz uchun sharaf. Javlon Ibrohimov hamon safga qayta olmayapti. Bugun Minori Sato kasal bo'lib qoldi. "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan oldin Zuagi o'zini yomon his qilgandi...

- Sardor Rashidov menimcha o'zini xorij klubida his qilmayaptimi?
- U bilan o'tgan kuni yaxshilab gaplashib oldik. U ruhiy chuqurda. Sardor juda qobiliyatli futbolchi, mashg'ulotlarda 10tadan 10ta gol uradi, o'yinda esa... Bugun ko'rdingiz qanday vaziyatdan to'p kirita olmadi. U kelajakda terma jamoada o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi bo'lib etishishi mumkin.

- Tarkibdagi o'zgarishlar nima bilan bog'liq. "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyat sababmi yoki OCHLdan oldin ularga dam berdingizmi?
- Etakchi o'yinchilarga ruhan dam olish uchun imkon berdik. "Lahviya" va "Lokomotiv"ga qarshi qiyin o'yinlardan so'ng To'raev, SHorahmedov va Filiposyan kabi futbolchilarga dam berdim. Ular bilan bu borada gaplashib oldik.

Narzulla Saydullaev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика