So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Sergey Lushan: "O'z tarbiyalanuvchilarimiz evaziga klubni shakllantirmoqchimiz" Yangiliklar

Sergey Lushan: "O'z tarbiyalanuvchilarimiz evaziga klubni shakllantirmoqchimiz"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.
Unga Xayrulla Karimov hamrohlik qildi.

"Yaxshi o'yin kutayapmiz. Raqibga esa ochko zarur. Bizning maqsadimiz boshqa. Biz sifatli va chiroyli o'yin ko'rsatmoqchimiz", - deydi Lushan.

"Ertaga muxlislar uchun chiroyli o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. G'alaba uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - deb gap boshladi Karimov.

- Raqib ustozi hujumda o'ynashlarini aytib o'tdi. Bu sizlarga qarshi hujumlarda imkoniyat beradi.

- Raqib qanday o'ynasa o'ynayversin. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Futbolchilarimiz o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynashadi, demak maqsad faqat g'alaba.

- Jamoa guruh bosqichidan chiqib ketdi. Ertaga barcha futbolchilar tayyormi?
- Endi vatanimiz shani uchun harakat qilamiz. Barcha futbolchilar tayyor bo'lishadi deb o'ylayman.

- "Bunyodkor"ning maqsadi qanday?
- Bizning asosiy maqsadimiz o'z tarbiyalanuvchilarimiz evaziga oliy liga, kubok va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish. Yulduz futbolchilarni sotib olib emas o'z tarbiyalanuvchilarimiz evaziga klubni shakllantiramiz.

- Arab klublariga qarshi o'yinlarda eng qiyini qaysi?

Xayrulla Karimov: - Agar o'z o'yinimizni ko'rsatsak g'alaba qozonsak bo'ladi. To'g'ri balki safarda ularga qarshi o'ynash og'irroqdir. Lekin ertaga biz o'z uyimizda teng sharoitda o'ynaymiz. Arablarga tezkor o'yin yoqmaydi.

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика