Sergey Lushan: "Maydon holati yaxshi bo'lganda o'yin boshqacha bo'lardi"
22 mar 2015 18:22
Yangiliklar

Sergey Lushan: "Maydon holati yaxshi bo'lganda o'yin boshqacha bo'lardi"
Bugun bo'lib o'tgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" 0:2 uchrashuvidan so'ng Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Jamoamiz uchun juda og'ir bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Lekin bugun bazi kamchiliklar ko'rindi. Yo'q joydan kartochkalar olish tobora ko'payib ketdi. Bu borada keskin choralar ko'ramiz va intizomni yaxshilashga harakat qilamiz. SHodiev gol urganidan xursandman, unda vaziyatlar ko'p bo'ladi. Bundan buyog'iga uni ishlari yurishib ketsin, deb niyat qilaman.
Rashidovga bo'sh xududlar kerak, raqibni himoyadan o'ynashini bilardik. SHu bois uni zahirada qoldirdik. SHevchenko "Qizilqum" tarkibida yaqqol ajralib turibdi. U hali ko'plab jamoalarga bosh og'riq bo'ladi. Agar maydon holati yaxshi bo'lganida umuman boshqacha o'yin va boshqacha natija qayd etilardi. Futbolda tajriba katta rol o'ynaydi. Menga qaraganda Yurin Lukin tajribaliroq, shu bois uning jamoasi haqida fikr bildira olmayman" , - deydi Sergey Lushan.
"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

Fikrlar