Sergey Lushan: "Ilk turdayoq Aleksandr Mochinov bilan to'qnash kelamiz"
17 dek 2014 16:19
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Ilk turdayoq Aleksandr Mochinov bilan to'qnash kelamiz"
2015 yilgi O'zbekiston chempionati bahslariga qura tashlangach “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushanning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Ochig'ini aytsam, quradan oldin har qanday taqvimga tayyor edim. CHunki O'zbekiston chempionati doirasida hamma raqiblar bilan uyda va safarda o'ynashga to'g'ri keladi. SHuning uchun ham kim bilan qaysi turda o'ynashimizning ahamiyati yo'q edi. Men uchun qiziqarli tuyulayotgan birgina jihat shuki, do'stim va yaqin-yaqingacha birga ishlagan murabbiy Aleksandr Mochinov bilan ilk turdayoq to'qnash kelishimiz. Qolgan barcha jihatlar bo'yicha O'zPFL qurasidan ko'nglim to'ldi, - deydi “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan.

Fikrlar