So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  2 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  4 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  4 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

Sergeev Qozog'istonni zabt eta oladimi? Yangiliklar

Sergeev Qozog'istonni zabt eta oladimi?

Ko'z tegmasin, xorijga yo'l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko'payib qoldi.

Bir necha kun avval O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev ham Qozog'iston Premer-ligasiga yo'l oldi. 27 yoshli futbolchi bunga qadar ham legioner maqomiga erishgan (“Al Dafra”, “Beyjing Goan”), ammo uning BAA va Xitoydagi faoliyati omadsiz chiqqan edi. Igor bu gal o'zini ko'rsata oladimi, uning yangi jamoasida vaziyat qanday? Hozir shu haqda.

“Aktobe” jamoasi matbuot matbuot xizmati 18 feral kuni Igorning transferini elon qildi. Qozog'iston chempionati bahslarini kuzatmaydigan muxlislar mazkur klubni mamlakat grandlaridan biri deb hisoblashlari mumkin. Har holda “Aktobe” doimiy ravishda evrokuboklar saralash bosqichida ishtirok etib kelardi. Biroq, so'nggi 5 yildirki, aqtebeliklar osmonini qora bulutlar qoplagan. Dastlab, klub sovrinli o'rinlar uchun kurashmay qo'ydi, 2019 yilgi mavsumda esa musobaqaning asosiy autsayderiga aylanib, quyi ligaga ravona bo'ldi. O'tgan mavsum 1-ligada zafar quchgan “oq-qizillar” yana elitaga qaytdi. Qisqa qilib aytganda, “Aktobe” ayni paytda grand jamoalar qatorida emas.

SHomurodov O'zbekistonning eng kuchli hujumchisi emas yoxud "o'zimizning MYULLER" haqida        

Ammo, aqtebeliklar yangi mavsumga tayyorgarlikni yuqori darajada olib borishmoqda. Turkiyada yig'in o'tkazayotgan jamoani bir yo'la 13 kishi tark etdi va yangi nomlar olib kelinmoqda.

Masalan, franciyalik Erven Mukam (BATE) va Tongo Dumbiya (“Ajman”), serbiyalik hujumchi Boyan Dubayich (BATE), chexiyalik markaziy himoyachi Mixal Yerjabek ("Yablonec") kelib qo'shildi. 

Igor yangi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushish uchun 19 yoshli Maksim Samorodov va 30 yoshli Boyan Dubayich bilan raqobat qilishi kerak. Maksimning tajribasizligini, Boyanning BATEdagi raqobatda yutqazgani va mavsum davomida atigi 2 bor maydonga tushganini hisobga olsak, Igor doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak.

FAKT: I. Sergeev ayni paytda “Aktobe” tarkibidagi eng qimmatbaho futbolchi hisoblanadi. “Transfermarkt” portali hamyurtimizning transfer bahosini 1,5 mln evroga baholamoqda. Igor yangi mavsumda Qozog'iston chempionatining ham eng qimmat futbolchilaridan biri bo'ladi.

SHunday ekan, jamoa rahbariyati Igorni yangi mavsumda etakchi bo'lishi uchun olib kelgan desak, yanglishmaymiz. Hamyurtimizga imkon berilsa, unumli foylanadi degan umiddamiz. Terma jamoamizni yozda juda muhim o'yinlar kutib turibdi. Unga qadar barcha futbolchilar yaxshi formaga kirib olishi faqat bosh jamoamiz uchun foyda keltiradi.




Igorga omad tilaymiz va Qozog'iston yashil maydonlarini zabt etishi kutib qolamiz. Uning keyin faoliyatidan qanday natijalarni kutyapsiz?

Muallif :
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика