Sergeev 9 daqiqa ichida dubl qayd etdi va "Tobol"ga g'alaba keltirdi
14 fev 2023 11:10
Yangiliklar


Sergeev 9 daqiqa ichida dubl qayd etdi va "Tobol"ga g'alaba keltirdi
Kostanayning "Tobol" klubi Turkiya o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida "Enisey" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Qozog'iston klubi sharafini himoya qilayotgan o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasi g'alabasini taminladi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida hisob ochildi. O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni hamyurtimiz Igor Sergeev aniq zarba bilan yakunladi va jamoasini oldinga olib chiqdi, ammo 2 daqiqa o'tar-o'tmas "Enisey" muvozanatni tikladi. 26-daqiqada esa Sergeev dubl rasmiylashtirdi. Bu safar kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'lgan hujumchimiz chap qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'lladi.
Uchrashuvda hisob (2:1) boshqa o'zgarmadi va "Tobol" g'alabani tantana qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar