Serbiya. Husniddin G'ofurov ketma-ket ikkita o'yinda gol urdi
26 noy 2016 19:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/216398_original.jpg)
![](/upload/storage/216398_220.jpg)
Serbiya. Husniddin G'ofurov ketma-ket ikkita o'yinda gol urdi
Bugun Serbiya Superligasida 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p tepayotgan "Yavor" klubi "Novi Pazar" mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. "Yavor" safida birinchi golni Husniddin G'ofurov urdi. SHunday qilib hamyurtimiz ketma-ket ikkinchi o'yinda ham to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan turda G'ofurovning yagona goli "Radnik Surdulica"ning mag'lubiyatini taminlab bergan edi.
"Yavor" 23 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. Klub navbatdagi bahsni 30 noyabr kuni o'z uyida "Bachka Balanka" klubiga qarshi o'tkazadi.
Serbiya Superligasi. Musobaqa jadvali
Gollar: Alivodich 12 - Husniddin G'ofurov 47, Cvetkovchi 74 penalti
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar