“Ser Mett Basbi” sovrini. MYUda mavsum futbolchisi aniqlandi
18 may 2021 20:01
Yangiliklar
“Ser Mett Basbi” sovrini. MYUda mavsum futbolchisi aniqlandi
“Manchester Yunayted” rasmiy sayti yarim himoyachi Brunu Fernandesh 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lgani haqida xabar berdi.
“Ser Mett Basbi” nomidagi sovrin Fernandeshga nasib etdi. U joriy mavsum klub libosida 56 o'yinda qatnashib, 28+17 natijaga erishdi. Portugaliyalik Frenk Lempardning rekordini yangilab, APL vakillari orasida mavsum davomida barcha musobaqalarda eng ko'p gol urgan yarim himoyachiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli xavbek 2020 yil “Sporting”dan transfer qilingan va hozirgi kelib u “qizil iblislar”ning etakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar