Ser Aleks Fergyuson: "Men hissiyotlarimga ko'proq ishonaman"
28 mar 2021 10:13
Yangiliklar
Ser Aleks Fergyuson: "Men hissiyotlarimga ko'proq ishonaman"
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson yuqori futbol hissiyotlariga ega bo'lganini aytdi.
"Hissiyotlarga ko'proq ishonaman. Futbolchilar bilan ishlashda menda mahorat bor edi. Ayniqsa, o'zim sotib olishni istagan futbolchilarni kuzatishda juda etiborli bo'lganman.
Kuzatayotganda ularning yuziga qarab xarakterini ko'rish kerak bo'ladi. "Manchester Yunayted", "Aberdin" yoki "Sent-Mirren"ga olib kelingan ayrim futbolchilarda buni ko'rganman. Rostdan ham, futbolchi tanlashda hissiyotlar ko'proq o'rin egallashi kerak deb hisoblayman.
Futbolchi ham yangi jamoa tanlayotganda qisman hissiyotlarni ishlatishi kerak. Ayrim jamoalar bilan o'yinlar davomida ichimda: "Demak, bu futbolchini olmayman, buni olishim mumkin ekan", deb qo'yaman. Bu intuiciya emas, aynan hissiyot", - dedi Fergyuson.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar