

"Hissiyotlarga ko'proq ishonaman. Futbolchilar bilan ishlashda menda mahorat bor edi. Ayniqsa, o'zim sotib olishni istagan futbolchilarni kuzatishda juda e'tiborli bo'lganman.
Kuzatayotganda ularning yuziga qarab xarakterini ko'rish kerak bo'ladi. "Manchester Yunayted", "Aberdin" yoki "Sent-Mirren"ga olib kelingan ayrim futbolchilarda buni ko'rganman. Rostdan ham, futbolchi tanlashda hissiyotlar ko'proq o'rin egallashi kerak deb hisoblayman.
Futbolchi ham yangi jamoa tanlayotganda qisman hissiyotlarni ishlatishi kerak. Ayrim jamoalar bilan o'yinlar davomida ichimda: "Demak, bu futbolchini olmayman, buni olishim mumkin ekan", deb qo'yaman. Bu intuiciya emas, aynan hissiyot", - dedi Fergyuson.



