So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  20 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Buni o'qish shart! Radamel Falkaoni aqldan ozdirgan yigit Yangiliklar

Buni o'qish shart! Radamel Falkaoni aqldan ozdirgan yigit

Janubiy Amerika futboli haqidagi Rossiyaning yagona jurnali asoschisi Aleksandr Spivak millionta dahshatli hikoyalarni qaerdan olishni yaxshi biladi.

 Ularning bazilari futbol haqidagi tasavvurimizni o'zgartirib yuboradi, qariya SHenks aytganidek, bu hayot va mamot ishi.


2013 yil, 11 sentyabr. JCH-2014 saralash musobaqasi. Urugvay - Kolumbiya. Oskar Tabares 18 yoshli markaziy himoyachini maydonga tushirdi. Bu sensaciya edi, chunki u "Danubio" safida bor-yo'g'i 16ta uchrashuv o'tkazgandi, terma jamoadagi ilk bahsida esa Falkao uning raqibiga aylandi. Radamel nimalar bo'layotganiga tushunmasdi:

"Etiborimni o'yinga qarata olmadim. Har bir daqiqa o'tgani sayin aqldan ozib borayotganga o'xshardim. Kutilmaganda u mashinam haqida so'radi. Audi. Men xatto qanday rangda ekanligini ham aytdim, u esa to'pga mendan oldin chiqib, xavfni bartaraf etdi... Bu hali boshlanishi edi".

Yigitcha kolumbiyalik yulduzni turli savollar bilan ko'mib tashladi:

- Ekvador, Venesuela va Kolumbiya bayroqlaridagi ranglar nega bir xil ekanligini bilasizmi?

- Men bu haqida kiyinish xonasida Farid Mondragon bilan gaplashgan edim, bu Simon Bolivarga bog'liq voqea...

Falkao batafsilroq javob berishga shaylangandi, ammo himoyachi yana uni ortda qoldirib, havodagi kurashda g'olib bo'ldi va forvardning jag'iga zarba berdi.

"Ikkinchi bo'lim boshida maydon markazida turgandim - davom etdi Radamel. U yana oldimga kelib, bu uning terma jamoadagi debyut o'yini ekanligini aytdi. SHu bilan birga yigitcha ushbu bahsga atab tatu qildirmoqchiligi haqida gapirdi. Keyin mendan "sentyabr" qanday yozilishini so'radi, "Setiembre" yoki "Septiembre"? Men o'ylab qoldim va to'pga sakramadim".

Urugvay terma jamoasining markaziy himoyachisi butun bahs davomida Radamel Falkaoga bo'lmag'ur narsalarni gapirdi. Rezina va plastik uy qanday nomlanishi, Valiviya yoki Valdikiyaligi haqida so'radi. Mashinasi uchun ehtiyot qismlarni CHamakodan xarid qilishini aytib berdi.

"Men xatto bu nima ekanligini bilmayman! U nima haqida gapirayotganini umuman tushunmadim!"

2:0 hisobida Urugvayning g'alabasi bilan yakunlangan bahsdan so'ng, Falkao bolakayning Feysbukdagi nikini so'radi.

"Bermayman" - deya javob qaytardi yigitcha. "Uni nima qilasiz, men u erga faqat Candy Crush o'ynagani kiraman".


Bu uchrashuv kolumbiyalik hujumchining esidan chiqmaydigan bahs bo'ldi: Vaziyatlar nol, faqat yutqazilgan kurashlar va uni aqldan ozdirgan g'alati yigit. Jin ursin!


Bu yigitcha uch kun o'tib Madridning "Atletiko" klubida debyut qildi. Uni ismi Xose Mariya Ximenes


Yangi mavsum bilan, bolalar

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика