So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

"Sentyabr oyi qanday o'tdi?". Jahonning eng kuchli termalari mundialdan oldin qanday sport formasida? Yangiliklar

"Sentyabr oyi qanday o'tdi?". Jahonning eng kuchli termalari mundialdan oldin qanday sport formasida?

Bazi favoritlar umuman o'zlariga o'xshashmadi.

Terma jamoalar o'yinlari uchun bo'lgan sentyabr tanaffusi – Qatardagi jahon chempionati oldidan so'nggisi edi. SHu sababli, JCH-2022ning ehtimoliy favoritlariga etibor odatdagidanda kuchliroq edi. Bu borada tabiiyki, FIFA reytingi bizga "shpargalka" vazifasini o'tab bera oladi. Biroq bazi favoritlar sentyabr oyini ham, umuman bu yilni ham ishonchli o'tkaza olmayapti. Bugun siz bilan Qatarda qaysi nomdor termadan nimalar kutish mumkinligi haqida gaplashamiz.


Braziliya

Qolganlarni bilmadik-ku, ammo Braziliya jahon reytingidagi birinchi raqamiga munosibligini amalda ham isbotlay olmoqda. Sentyabrda jamoa ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va har ikkisida zafar quchdi: Gana (3:0) va Tunis (5:1). To'g'ri, raqiblar u qadar kuchli emasdi-da dersiz, lekin Tite qo'l ostida ajoyib jamoa shakllandi va qatorasiga etti g'alabani qo'lga kiritdi. To'plar nisbati 26 - 2. Braziliyada hujum chizig'idan darvozabongacha munosib variantlar etarli. SHunday ekan, ortiqcha savolga o'rin yo'q.


Belgiya
Ha, belgiyaliklar hamon FIFA reytingida ikkinchi bo'lib turishibdi. Jamoa o'zining optimal formasida emasligi reytingga hozircha tasir qilmadi. Boshqa tomondan katta shov-shuvga sabab bo'lgan oltin avlodning davri hech bir g'alabasiz yakuniga etadiganga o'xshamoqda. Umuman olganda, Belgiya yomon taassurot qoldirmadi, ammo sentyabr oyi uchrashuvlari seriyasini yaxshi kayfiyatda yakunlashga niderlandiyaliklar yo'l qo'ymadi. Ha, De Bryuyne hamon top darajadagi o'yin namoyish qilmoqda, De Ketelare singari yangi yulduzlar chiqmoqda, lekin himoya chizig'i vakillarining yoshi o'tmoqda. Barcha nuqtalarda ham munosib o'rinbosarlar chiqib ulgurmagandek...


Argentina

Amerika Kubogida 2021 yilgi g'alaba va yozdagi Finalissimada Italiya taslim etilgach (3:0), Argentinaga ham JCH-2022ning chinakam favoritlaridan biri sifatida qaralmoqda. Messi terma jamoa safidagi oxirgi 4 uchrashuvda 9ta gol urdi. Aynan Leo uchun Qatardagi mundial faoliyatining, futbol afsonasi Messi faoliyatining chiroyli yakuni bo'lishi mumkin. Argentina 2019 yil iyulidan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmaydi. Sentyabr oyida esa jamoa Gonduras va Yamaykani bir xil 3:0 hisobida mag'lub etdi.


Franciya


Francuz futboli bundan ham yaxshiroq davrlarni boshidan o'tkazgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Titul himoyasiga Franciya qator jarohatlar, janjallar va yomon sport formasi bilan etib kelmoqda. Nazarimizda, aynan francuzlar favoritlar ichida eng ko'p muammo bilan turnirga etib kelmoqda. Jamoa sal qolsa Millatlar Ligasi elitasidan tushirib yuborilardi. Og'ir bellashuvdagi Avstriya ustidan qozonilgan g'alaba va xorvatlarning muvaffaqiyati Daniyaga yutkazib qo'ygan Franciyani sharmandagarchilikdan qutqarib qoldi. Amaldagi jahon chempionlarining holatiga hech kim havas qilmasa kerak. Biroq jamoa tarkibida iqtidorlar va yulduzlar hali ham istalgan terma jamoa bilan raqobat qila oladigan darajada ko'p. Lekin amalda o'sha nomlar ish beradimi, vaqt ko'rsatadi.


Angliya

Franciya "jarlikka yiqilay" deb turganida, u erdan Dide Desham jamoasiga Angliya "salom yo'lladi". Sautgeyt shogirdlari avvalgi yillarda ko'plab maqtovlarga sazovor bo'lib, o'sib kelayotgan terma sifatida qaralayotgan va aynan JCH-2022 ushbu kollektivning "piki" bo'lishi kutilgandi. Amalda esa antirekord va Millatlar Ligasi elitasidagi o'rindan mosuvo bo'lish. Bu vaziyatda inglizlarni qutqarib qoladigan hech kim topilmadi – olti uchrashuvda uch ochko. Hech nimani hal qilmaydigan Germaniya bilan o'yinda urilgan gollar (3:3), oxirgi besh bahsda o'yindan urilgan dastlabkilari bo'ldi. Karaxtlik holati bo'yicha aynan Sautgeyt Deshamni ortda qoldirishi mumkin. FIFA reytingida beshinchi o'rinda turgan jamoa.


Ispaniya
Francuzlar va inglizlardan quyiroqda joylashgan Ispaniya termasi aksincha yaxshiroq holatdadek ko'rinmoqda. Luis Enrike Ispaniya uchun begona bo'lmagan o'yin uslubi asosida bo'lsa-da, yangi jamoa qurmoqda. Hozirgi holatda ispanlar bo'lajak JCHda ancha uzoqqa borishi mumkin. SHveycariyadan uchralgan alamli mag'lubiyatdan (1:2) keyin Portugaliya taslim etildi (1:0) va Millatlar Ligasi pley-off yo'llanmasi qo'lga kiritildi. JCH oldidan so'nggi repeticiya omadli chiqdi.


Niderlandiya
Ispaniya va Niderlandiya termalari o'rtasida Italiya bo'lishi kerak edi. Aynan Buffon hamyurtlari FIFA reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi. Biroq Millatlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqa olgan Manchini jamoasi Jahon CHempionati yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. SHuning uchun, JCH-2014dagi uchinchi o'rindan keyin katta musobaqalardagi g'alabani sog'inib qolgan niderlandiyaliklarga o'tamiz. Lui van Gal boshliq Niderlandiya termasi bu yil yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Sentyabr oyi o'yinlarida esa Polsha va Belgiya kabi kuchli jamoalar taslim etildi.


Portugaliya

Bor etibor Ronaldu figurasiga qaratilgandi. Futbolchining bu mavsum "Manchester Yunayted"dagi ishlari yurishmayapti. Gap klubdami degan savolga javob topish qiziq edi. Nazarimizda, gap Manchesterda emas, Krishtianuning davri o'tyapti shekilli. Yoki shunchaki CR7 omadsiz davrni boshidan o'tkazmoqda. Sentyabr oyidagi tanaffusda u muxlislarini hammasi joyidaligiga ishontira olmadi. CHexiyaga qarshi o'yinda (4:0) ayniqsa astoydil harakat qildi (ko'pincha – befoyda), lekin keyin Ispaniyaga qarshi uchrashuv (0:1) uchun keskin tanqidga olindi. Ko'ramiz, o'zi uchun katta ehtimol oxirgi JCHda Ronaldu nimalar ko'rsata olarkan?!. Yoki terma jamoada ham mundialga borib, zaxira o'yinchisi bo'lib qoladimi...?!


Daniya
FIFA reytingi kuchli o'nligini Daniya termasi yakunlab beradi. Aynan o'sha daniyaliklar Evro-2020da yarim finalgacha etib bordi va Millatlar Ligasida ham ancha dadil o'yin namoyish etdi. Teng kurashlar ostida o'tgan bahsda faqatgina Xorvatiyaga imkon boy berildi. Musobaqani esa Kasper Yulmann shogirdlari Franciya ustidan qozonilgan chiroyli g'alaba bilan yakunlashdi. "Qayta tirilgan" Kristian Eriksen etakchi jamoa JCHda ham grandlarga yaxshigina bosh og'riq bo'lishi aniq.


Germaniya

Germaniyada avlodlar almashinuvi davri cho'zilib ketmoqda. Jamoa xuddiki o'zi istagan yo'lga tushib olgandek ko'rinayotgan Ispaniya va Niderlandiya termasi hamda anchagina kuchsiz o'yin ko'rsatayotgan Franciya va Angliya jamoalarining o'rtasidagi holatda qolib ketgandek. Sentyabr oyida nemislar muxlislarini xursand qila olishmadi. Vengriyaga imkoniyat boy berildi (0:1) va Angliya bilan 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda durang (3:3). Bu yil Germaniya sakkiz uchrashuvda 5 marta durang o'ynadi. Qachonlardir istalgan raqibni osonlik bilan yo'lidan olib tashlagan nemis mashinasi endi o'rtamiyona raqiblar bilan ham qiynalmoqda.

To'g'ri, balki shu jamoalar ichida bo'lajak jahon chempionati g'olibi ham bordir. Misol uchun, Millatlar Ligasi pley-offiga chiqqan Xorvatiya ham o'ziga kelayotgandek, bunga qaramay, jamoa FIFA reytingida 15-o'rinni egallab turibdi — AQSH, Meksika va Urugvaydan pastroq. Yoki Serbiya termasi syurpriz bo'lishi mumkin. Hujumdagi Vlaxovich va Mitrovich juftligidan ko'p narsa kutishga haqlimiz. Serblar oxirgi 12 o'yinidan 9tasida zafar quchdi. FIFA reytingida esa ular bor yo'g'i 25-pog'onani band etgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика