So’nggi yangiliklar

00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  1 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  13 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  123 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  2 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2

Sensaciya Yangiliklar

Sensaciya

Odamlarning 3 turdagi xabarlarni o'qishga moyilligi nisbatan yuqori bo'ladi.

Bugun ularning barchasini umumlashtiruvchi "sensaciya" haqida gaplashamiz. Sensaciya bo'lganda ham, yil voqeasi haqida. Bu AGMK yoki "Paxtakor"ning OCHLdagi natijalari bilan bog'liq emas.
Franciya chempionatida mavsum yakunlanishiga 3 tur qoldi. Ayni paytda musobaqa jadvalini "Lill" klubi boshqarmoqda. Mavsum boshlanishidan avval voqealar rivojining bunday ko'rinishi taxmin qilinmagan, mavsumning odatiy o'tishi va "Pari Sen-Jermen"ning oson chempionligi taxmin qilingan edi. Ammo...

Xo'sh, "Lill" aslida qanday jamoa?

Kristof Galte shogirdlarining o'rtacha yoshi — 25,4. Futbolchilarning umumiy qiymati esa 297,5 mln evroga teng. Solishtirish uchun, chempionlik poygasida 2-o'rinni band qilib turgan PSJ o'yinchilarining umumiy qiymati 829 mln evroga barobar.

Jamoa safida Joze Fonte, Burak Yilmaz, Benjamin Andre singari tajribali futbolchilar bilan birga, Timoti Vea, Bubakari Sumare va Janatan David singari qita grandlari etiborini o'ziga jalb qilib turgan iqtidorlilar ham bor. Klubning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlarida Renato Sanshesh va Yusuf Yaziji singari markaziy chiziq vakillarining ham alohida o'rni bor.

"Lill"ning Liga 1'dagi to'purarlari:
1. Burak Yilmaz - 13.
2. Jonatan David - 11.
3. Yusuf Yaziji - 7.


Kristof Galte shogirdlari ayni paytda Franciya chempionatida eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi (22). Evropada eng kam mag'lubiyatga uchragan jamoalardan biri - 3.

Jamoaning muvaffaqiyatlarida 35 yoshli Burak Yilmazning o'rni bo'lakcha. U klubning eng yaxshi to'purari bo'lish bilan birga, muhim vaziyatlarda jamoadoshlarini ham golli uzatma bilan taminlayapti.
"Lill" so'nggi 3 turda "Lans", "Sent-Eten" va "Anje" imtihonidan o'tishi kerak. Jamoa mazkur bahslardan keyin ham PSJ bilan oradagi tafovvutni (1 ochko) saqlab qolsa, joriy mavsum chempionligini tantana qiladi.

TURNIR JADVALI

Qadrli muxlis, "Lill" joriy mavsum Franciya birinchiligida zafar quchishiga ishonasizmi? Sizningcha, mavsumning eng katta sensaciyasi qaysi?

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика