Senegal ustozi: "Tartibli va agressiv o'yin evaziga g'olib bo'ldik"
19 iyu 2018 23:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/436412_original.jpg)
![](/upload/storage/436412_220.jpg)
Senegal ustozi: "Tartibli va agressiv o'yin evaziga g'olib bo'ldik"
Polsha hamda Senegal terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan (1:2) so'ng, afrikaliklar ustozi Aliu Sisse matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Qiyin bahs. Kim bilan o'ynashimizni bilardik. Polsha - xavfli jamoa. Ular Evropaning eng yaxshilaridan biri. O'yinni boshqarishga muvaffaq bo'ldik.
Muhimi g'alaba qozondik, bunga munosib edik deb o'ylayman. Turnirni yaxshi boshladik, ammo eyforiya bo'lmasligi kerak. Yaponiya bilan ham qiyin uchrashuv bo'ladi.
Tartibli va agressiv o'yin evaziga g'alabaga erishdik. Bir butun bo'lib o'ynadik. Har safar ular to'pni yo'qotganda, biz raqibning kuchsiz tomoniga hujum qildik.
Senegal butun Afrika nomidan o'ynamoqda. Butun qita biz tomonda. Bu bilan faxrlanamiz.
Bu jamoaga 2015 yil kelganman, bizda parvoz va qulashlar bo'ldi. Tanqidlarga qaramasdan, diqqatni bir joyga to'plaganmiz. Ehtiyot bo'lishimiz kerak" - deydi Sisse.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar