So’nggi yangiliklar

20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  6 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  45 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2

Senegal, Marokash, Eron, Urugvay. SHu ketishda yil yakuniga qadar yana bir top jamoa O'zbekistonga ham keladi Yangiliklar

Senegal, Marokash, Eron, Urugvay. SHu ketishda yil yakuniga qadar yana bir top jamoa O'zbekistonga ham keladi

O'zbekiston milliy termasining bo'lajak raqiblari ancha qiziq, to'g'rimi?

Birinchi galda ularning hammasi JCH ishtirokchilari, ikkinchi tomondan esa FIFA reytingida bizdan oldinda: Urugvay (22), Senegal (27), Eron (33), Marokash (42).

Hech qachon Jahon CHempionatiga chiqa olmagan O'zbekiston nima sababdan ularni qiziqtirib qoldi? Biz bilamizki, Argentina va Braziliya kabi termalar o'rtoqlik o'yinlari uchun umuman pul sarflamaydi (deyarli). Ularni o'zingiz olib kelasiz, edirib-ichirib, qaytishida cho'ntagiga pul ham solib yuborasiz. Boshqa iloj yo'q. SHuning uchun ham bunday raqiblar bilan qitaning Yaponiya, Xitoy kabi termalari ko'proq o'ynaydi. Bir so'm sarflab, translyaciya, muxlislar va homiylar orqali 3 so'm chiqarib olishadi ular.

O'zbekiston bunday qila olmaydi. Bizda Braziliya bilan o'yinimizni sotib oladigan milliy telekanal yo'q, homiylar so'roq ostida. Faqatgina muxlislar 100 dollardan chipta sotsangiz ham kelishi mumkin. CHunki O'zbekistonda Messi yoki Neymar ishtirokidagi o'yinni “Bunyodkor”da ko'rish uchun 100 dollarning bahridan o'tmaydigan 35 ming odam bor, albatta. Balki undan ham qimmatrog'iga rozi bo'lar.

Hozir O'FA o'z imidjini ko'tarib olish uchun ham chiqimdan qochayotgani yo'q. CHunki milliy terma jamoa Turkiya orqali Marokashga borishi, yashashi va qaytishi, keyin Tehronda bo'lishi, JCH arafasida erning bir joyida bo'lgan Urugvayga birrov o'tib kelishining o'ziyoq yaxshigina mablag'ni talab qiladi. Bu safarlarning uncha katta bo'lmagan boshqa xarajatlari ham bo'lsa, ajablanmayman. Aytaylik, Senegal bilan neytral maydonda o'ynashimiz yoki Eronga raqib bo'lishimiz uchun pul talab etilmas. Ammo Urugvay va Marokash masalasi biroz boshqacharoq bo'lsa katta ehtimol. Bu shunday chiqimki, undan qochmayotganimizning o'ziyoq katta futbol sari birinchi qadamdir. Zero O'FF bunga qadar asosan arzon sho'rva qidirgan bo'lib, har safar bizning xarajatlarimizni ko'tarishi mumkin bo'lgan Qatar, Ummon yoki har doim labbay deb javob berishi mumkin bo'lgan Iordaniya kabi raqiblar bilan o'ynab yuravergandi.

23 mart, Senegal

Senegalga qarshi o'yin varianti biroz kechroq chiqdi. Yani, O'FA bungacha Marokash va Eron haqida boxabar qilib ulgurgandi. Senegalliklar JCH guruh bosqichida Polsha, Kolumbiya hamda Yaponiya bilan bellashib ko'radi. Ular Polshaga qarshi tayyorgarlik uchun 27 mart kuniga Bosniyaga qarshi o'yin kelishib ulgurishgandi. Bellashuv Franciyada o'tadi. Biroq mart oyidagi FIFA kuni bemalol 2 ta uchrashuv o'tkazish uchun etadi. SHunday ekan, ular iloji boricha yana 1 ta raqib izlash payiga tushgan, ammo haqiqat shuki, ko'pchilikda allaqachon kelishuvlar bor edi. 

Mana shunday bir vaqtda agentlar katta rol o'ynaydi. Ular Senegal FFga 27 mart kuni O'zbekiston degan jamoa Marokashga kelayotgani, agar qarshi bo'linmasa, 23 martga o'rtoqlik o'yinini Kasablankaning o'ziga gaplashib berishi mumkinligini aytadi. Bunday ish bilan shug'ullanadigan yuzlab firmalar bor. Senegal va Marokashning orasi uncha uzoq emas, demak, Bosniya bilan o'yingacha O'zbekiston variantida to'xtalish mumkin. CHunki o'zbekistonliklar o'sha Polsha, o'sha Bosniya o'yin uslubida o'ynashga harakat qiladi, biroq darajasi biroz pastroq, foydadan holi bo'lmaydi.

Imidji haqida tinimsiz bosh qotirayotgan O'zbekiston ikki marta rozi bo'ladi. Tarkibida APL va Evropaning boshqa mashhur klublari yulduzlari bo'lgan raqib ajoyib variant. Xullas, o'rtada agentlik biroz pul ishlab oladi. Aytmoqchi bo'lganimiz, O'FA mana shu kabi xarajat hamda Marokashdek mamlakatda biroz ko'proq qolish chiqimlaridan qochmayapti.

27 mart, MarokashMarokashliklar mundialda Portugaliya, Ispaniya hamda Eron bilan kurash olib boradi. Ular 23 mart sanasiga Serbiya bilan o'yin kelishib qo'yishgandi. Bellashuv Turinda o'tadi. Keyin esa to'rt kundan keyin vatanda O'zbekiston termasi sinovdan o'tkaziladi. SHunchaki pul uchun emas, O'zbekiston degan jamoa forslarga qarshi tayyorgarlikning bir qismiga kirib ketadi. Har ikki jamoa saralashda himoyaviy futbolni birinchi o'yinga qo'ygani, asosiy maqsad sifatida gol o'tkazib yubormaslikni belgilab olgani-yu, oldingi chiziqdagi ijrochilardan bir nima kutgani malum. SHunchaki birini Keyrush boshqargandi, boshqasini Babayan, farq shunda bo'ldi.

17 may, Eron

Forslar JCH startiga bo'lgan qadar rejani ishlab chiqib ulgurgan. Bunda ular pulni havoga sochishni istamadi va o'z darajasidagi jamoalar bilan kuch sinashishni afzal bildi. Keyrushning maqsadi Ispaniya yoki Portugaliya bilan o'yin strategiyasini ishlab chiqish emas, jamoasini o'zi istagan ko'rinishga keltirib olish bo'lsa ajab emas. Raqiblarga etibor bering:

17 mart: Serra-Leone

23 mart: Tunis

27 mart: Jazoir 

11 may: Suriya

17 may: O'zbekiston

28 may: Turkiya

2 iyun: Greciya

8 iyun: Litva

Eronning mundialdagi raqiblari Marokash, Ispaniya hamda Portugaliya. Marokashga o'xshash raqiblar rejada bor, biroq ispanlar, portugallarga o'xshashini topish uchun yo Urugvay bilan yoki Braziliya bilan kelishish kerak. Keyrush ham, Eron FF ham balki buni istamagandir. Mutaxassis Portugaliya termasini besh qo'lidek biladi, Ispaniyani esa hamma biladi. SHunchaki u boshqa yo'ldan yurishga qaror qildi. Suriya va O'zbekistonga qarshi bellashuvlar jamoa jipsligi uchun kerak, qolaversa, 1 yil ichida forslar o'yinida qanchalik o'zgarish borligini sinovdan o'tkazish uchun ham muhim. CHunki biz saralashda o'zaro o'ynadik.

7 iyun, Urugvay

Urugvaylik futbolchilar mundialga jo'nab ketish oldidan o'z uylarida 2 ta o'yin o'tkazishadi. 5 iyun kuni ular Ganaga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi. Tabares shogirdlarining JCHdagi raqiblari Rossiya, Misr va Saudiya Arabistoni ekanini bilasiz. Menimcha, hammasi tushunarli. O'rtadagi agentlar O'zbekiston termasini yaxshi reklama qila olgan. 

Qanchalik inkor etmaylik, Rossiya va O'zbekiston futboli bir-biriga juda o'xshash. Urugvay o'sha Rossiyaning kuchsizroq variantini sinovdan o'tkazadi. Qolaversa, sharafli safar oldidan kuchsizroq raqib juda qo'l keladi. Bu birinchidan futbolchilarning jarohatlanish imkoniyatlarini nisbatan kamaytiradi, ikkinchidan ularning kayfiyatlarini ko'taradi. O'zbekiston tomoni esa o'zi uchun ancha olis o'lgan mamlakatga Urugvay bilan o'ynash uchun etib kelishga tayyor, yomonmi?

Imidjni ko'tarish uchun pul kerak. Bizda esa pul bor ekaniga ishontirib ulgurishdi. Oddiy turnirda zafar quchganlar Malibu olyapti, haydovchilik guvohnomasi yo'q o'smir sportchilarda esa Spark, murabbiylarida Kobalt bor. O'FA faqatgina pul bor demasdan, avvalgi qarashlarni, stereotiplarni o'zgartirmoqchi. Hozircha shunisiga ham shukr qilib tursa bo'ladi. Agar butun 27 yillik futbolimiz tarixi va undagi o'rtoqlik o'yinlari bitta o'rganib chiqilsa, 2018 yil bu borada qanchalik o'sayotganimiz yaqqol ko'rinadi. Qolaversa, o'sha Iordaniya, o'sha Bahrayndan charchab ketgan termaning yulduz futbolchilarida ham ishtiyoq, tasavvurlar o'zgaradi. CHunki ular ham Urugvay yoki Senegalga qarshi o'ynab ko'rishga qiziqib qarashi katta ehtimol.

Muallif :
Reyting: +125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика