So’nggi yangiliklar

04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  3 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  0 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   4 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  12 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  17 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  54 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  6 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  12 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  6 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0

"Sen yoki telbasan, yoki daho" Yangiliklar

"Sen yoki telbasan, yoki daho"

Qaysarlik tufayli "Tottenxem" umuman pulsiz qolib ketyapti.

Londonliklar forvardi Xarri Keynning "Bavariya" o'tishi haqidagi "serial" yakuniga yaqinlashib qolgandek – ammo "shporlar" imkonsiz narsani istamoqda. Jamoaning to'purarini tarkibda saqlab qolishga bo'lgan harakatlari, uni butkul tekinga yo'qotish bilan yakunlanishi mumkin.


Yangi shartnoma, kattagina maosh

Ingliz grandi... Agar "Tottenxem"ni grand deb bo'lsa, Xarrini jamoada olib qolish uchun yagona ilinj – bu masalaning moliyaviy tomoni. 29 yoshli markaziy hujumchi yillar o'tib borishiga qaramay, "Tottenxem"ning hujumdagi asosiy kuchi bo'lib qolmoqda — APL-2021/22 mavqsumida u 17 ta gol urdi, o'tgan mavsumda esa bu ko'rsatkich 30 ta golni tashkil etdi. SHunga qaramay, "Tottenxem" evrokuboklarsiz qolib ketdi, yangi murabbiy Ange Postekoglu kelgach, jamoada qayta qurish ishlari bo'lib o'tishi tabiiy. Bunday vaziyatda Keyn jamoaning eng qiymatli "akciyasi" bo'lib qolmoqda — yangi bosh murabbiy aynan uning atrofida jamoani qurishini kutish o'rinli.

Tabiiyiki, bunday holatda markaziy hujumchini qo'yib yuborishni hech kim istamaydi. SHu sababli inglizlar Keyn uchun kosmik narx - 140 million evro so'rashyapti. Muzokaralar "pauza"da va ishga Postekogluning o'zi ham aralashgan. Avstraliyalik menejer shaxsan Xarrining jamoada qolishga ko'ndirmoqchi.

O'z navbatida klub futbolchining maoshini oshirishga tayyor – agarda forvard hamkorlik muddatini uzaytirishga rozi bo'lsa, haftasiga 400 ming funt maosh oladi (solishtirish uchun Aleksis Sanches MYUda 300 ming olardi).

Biroq pul bu vaziyatda goleador hujumchi uchun asosiy faktor emas. Endi gap Angeda qolmoqda. Murabbiy shogirdini "Tottenxem" evrokuboklarga qaytib, muvaffaqiyatga erishishiga ishontira olarmikin?


"Bavariya" jiddiy summadan voz kechishga tayyor

Myunxenliklarga ham jahon darajasidagi strayker juda zarur. O'tgan mavsumni nemislar eksperimentlar bilan o'tkazishdi. CHupo-Moting bunday kriteriyaga mos kelmaydi – pressingda u katta ko'lamdagi ishni bajarsada. 34 yoshli kamerunlikdan tashaqari markaziy forvard sifatida maydonga Gnabri, Mane, Myuller ham tushirildi. Myuller/Gnabri-Mane variantidagi juftliklarni ham ko'rdik. Samarador Levandovski bilan bog'liq xotiralar tirik ekan bularning barchasidan ko'ngil to'lishi qiyin – shu sabab Keyn transferiga "Bavariya" bor diqqat etiborini qaratgan.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar og'ir ruhda o'tmoqda, Germaniya chempioni "Tottenxem"ga navbatdagi taklifni yubormoqchi – uchinchisini. Avvalroq nemislar londonliklarga 80 million evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan. Aytib o'tganimizdek, "Bavariya" taslim bo'lmoqchi emas. Malumotlarga qaraganda bu safargi taklifdagi raqamlar 90-95 million bo'ladi va hali yakuniy summa 100 mln.dan oshishini ham taxmin qilishmoqda.

"Bavariya"dagi hamma – jumladan, kuzatuv kengashiga kirgan Karl-Xaync Rummenigge ham – "Tottenxem"ni transferga ko'ndirishga ishonmoqda. Bunga qaramay, zaxira rejasi ham yo'q emas. Agarda kelishuv amalga oshmasa, myunxenliklar Keynni keyingi yil yozda erkin agent sifatida olib ketadi. Bu mavsum esa "Yuventus"dan Dushan Vlaxovich yoki "Man Siti"dan Xulian Alvaresni ijaraga olib turadi.


Keynning o'zi ham Germaniyaga ketmoqchi

Maqolaning boshida aytganimizdek, "Tottenxem" hujumchisiga pul asosiysi esa. Hujumchi 30 yoshda (28 iyul kuni 30ga to'ladi), faoliyatining asosiy qismini u "sovrinlar yuta olmaydigan klubda" o'tkazdi va oxirgi mavsum sabrning kosasiga tomgan oxirgi tomchi bo'lsa ne ajab.

Vaziyatni yana cho'zgandan foyda yo'q. Xarri undovlarga uchmayapti. Uning amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda yakuniga etishiga qaramay, u kelishuvni uzaytirmoqchi emas. Qo'shimchasiga Keyn keyingi yilni ham kutib o'tirmay, hozir Londondan ketmoqchi.

"Bavariya" Bundesligada chempionlik uchun asosiy nomzod, muntazam ravishda Kubokda muvaffaqiyat qozonadi. Biroq asosiysi – CHempionlar Ligasida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etaji. "Tottenxem" Keynga bularning hech birini vada qilolmaydi. Nafaqat terma jamoada, balki klubda ham sovrinlarsiz qolish, yoshi o'tib borayotgan bir pallada, bunday darajadagi hujumchiga alam qilishi aniq.


Rahbarlarning ziqnaligi "Tottenxem"ga qimmatga tushishi mumkin

Hozir barchasi londonliklarga qarshi. Hujumchining o'zi rahbariyat va yangi murabbiyning quruq vadalariga ishonish niyatidamas. Oxirgi mavsum faqatgina vaziyatni yanada keskinlashtirdi – "shporlar"lar Konte qo'l ostida omadsizlikka uchradi, hozir barchasini yangidan qurish rejalashtirilmoqda, lekin 30 yoshli straykerning bunga vaqti yo'q.

Bu vaziyatda hammasi Keynning shartnomani uzaytirishiga qarshidek – bir yildan keyin esa u emin-erkin Londonni tark etishi mumkin va "Tottenxem"ning qo'lidan hech nima kelmaydi.

"Bavariya" ham buni yaxshi tushunib turibdi — myunxenliklarga top-strayker kerak, lekin Xarri bu mavsumni ham APLda o'tkazadigan bo'lsa, ularning zaxira varianti ham bor. SHunga qaramay, nemislar transfer uchun 90-100 mln evro berishga tayyorlar. "Bavariya" bunday katta summaga transfer qilganini birdaniga eslash ham mushkul.

Mana shunday vaziyatda londonliklar nima qilyapti? Aqlbovar qilmas narx qo'yib olib, nemislarning takliflarini ketma-ket rad etishmoqda. O'ttizni urib qo'ygan amaldagi shartnomasi bir yilda tugaydigan hujumchining asl narxi anchagina past.

Angliya klubining bosslarining qaysarligi bu vaziyatda aksincha klub zarariga ishlamoqda. Agar barchasi shunday davom etadigan bo'lsa, Keyn bilan munosabatlar butkul buziladi va yangi shartnoma haqida gap bo'lishi mumkin emas. Natijada, klub eng kuchli futbolchisidan ayriladi va hech bo'lmasa pul ham ishlay olmaydi. Bu vaziyatda bir gap esga kelmoqda: "Sen yoki telbasan, yoki daho".


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика