"Selta" futbolchisiga "Yuve", PSJ va "Atletiko" qiziqmoqda. Peru terma jamoasi o'yinchisining tovon puli - 30 mln evro
15 fev 2021 07:50
Yangiliklar


"Selta" futbolchisiga "Yuve", PSJ va "Atletiko" qiziqmoqda. Peru terma jamoasi o'yinchisining tovon puli - 30 mln evro
"Selta" yarim himoyachisi Renato Tapiya klubini o'zgartirishi mumkin.
25 yoshli o'yinchiga "Yuventus", "Pari Sen-Jermen" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.
Peru terma jamoasi o'yinchisining tovon puli 30 million evroni tashkil etadi. Uning "Selta" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Tapiya joriy mavsum La Liga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar