So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

Seid Seidov: “Oliy ligadan kim tushib ketishi oxirgi turda hal bo'ladi” Yangiliklar

Seid Seidov: “Oliy ligadan kim tushib ketishi oxirgi turda hal bo'ladi”

“Paxtakor” - “Buxoro” (4:0) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Seid Seidov ishtirok etdi.
Turkmanistonlik murabbiyning fikrlari quyidagicha bo'ldi.

-   Avvalo “Paxtakor”ni haqli g'alaba va qo'lga kiritilgan chempionlik bilan tabriklayman. “Paxtakor” bu mavsum o'zini ko'rsata oldi va buning natijasida mavsum oxirlariga kelib chempionlikni nishonladi. “Paxtakor”ning kuchsiz tomonlari yo'q hisobi, tarkibda yaxshi futbolchilar yig'ilgan va bunday jamoaga qarshi tengma-teng bahs olib borish oson emas. Biz qo'ldan kelgancha o'ynadik, ijobiy natija ko'rsatishga harakat qildik, ammo qo'limizdan kelmadi. Bugungi kunda “Buxoro”ning saviyasini “Paxtakor” bilan solishtirib bo'lmaydi. “Paxtakor” raqibga qarab taktika tanlagani yo'q, balki har doimgidek o'z o'yinini namoyish etdi.

-   O'yin davomida “Buxoro”ning ayrim o'yinchilari jamoa oliy ligada qoladimi yo tushib ketadimi, go'yoki buning farqi yo'qdek harakat qilishdi?
-   Bu borada nima deyishim mumkin? Fikringizga qo'shilaman. Aksariyat futbolchilar uchun chempionat tugab bo'ldi. Balki bazi o'yinchilar allaqachon o'zlarini boshqa jamoada ko'rayotgan bo'lishi mumkin.

-   “Buxoro”ning oliy ligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
-   Men har doim biz oxirigacha kurashamiz deb aytib kelganman va hozir ham shu fikrda qolaman. Menimcha, oliy ligani kim tark etishi oxirgi turda hal bo'ladi. Imkoniyat bizda ham, “So'g'diyona”da ham bor. Ikkita o'yinimiz qoldi: safarda “Dinamo” va uyda “Lokomotiv” bilan. Mana shu bellashuvlardan so'ng taqdirimiz malum bo'ladi.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика