Seid Seidov: “Bunyodkor”ning mahorati o'z so'zini aytdi"
13 sen 2014 20:45
Yangiliklar
Seid Seidov: “Bunyodkor”ning mahorati o'z so'zini aytdi"
“Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida buxoroliklar ustozi Seid Yusupovich ishtirok etdi.
- O'yin boshida yomon harakat qilmadik. Lekin ketma-ket gollar bizni mag'lubiyat ko'chasiga olib kirdi. Agarda o'yin boshida yuzaga keltirgan vaziyatlaridan foydalana olganimizda o'yin boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi. “Bunyodkor”ning mahorati o'z so'zini aytdi. Murabbiy ko'rsatmasini bajarmagan jamoa yakunda mag'lub bo'ladi. Himoyachi hujumga qo'shilganida yarim himoyachi uni o'rnini to'ldirib turishi kerak edi. Lekin “Buxoro” futbolchilari bir-birlarini qo'llab-quvvatlashmadi. Vaziyatimiz og'ir. Musobaqa jadvalida quyi pog'onalarni egallab turibmiz. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Lekin bizga juda qiyin bo'ladi. Ochig'ini aytsam, hali ham tarkib tuzishda qiynalyapman. Uni qo'ysam, bu xato qilyapti. Yoki buning aksi. Qanotlarda tezkor futbolchimiz yo'q, - deydi Seid Seidov.
Fikrlar