Seid Seidov: "Bugungi durang bizga suv va havodek zarur edi"
02 noy 2014 19:31
Yangiliklar

Seid Seidov: "Bugungi durang bizga suv va havodek zarur edi"
"Dinamo" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Seid Seidov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin biz uchun juda muhim ekanligini tushunib turgandik. Mag'lub bo'lmasligimiz shart edi. Gol o'tkazib yuborishdan qo'rqqanimiz uchun himoyada o'ynadik. Ikkinchi bo'limda biroz taktikani o'zgartirdik. Hayajon tufaylimi boshqami o'yinimiz u qadar yaxshi chiqmadi. Bugun bizga durang suv va havodek kerak edi. Edgar Gess ketganidan so'ng jamoa juda katta bosim ostida qolib ketgandi.
Biroq futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi va oliy ligada qolish vazifasini bajarishdi. Barcha muxlislarimiz va rahbariyatni ushbu natija bilan tabriklayman", - deydi Seid Seidov.
Damir Kabilov yozib oldi

Fikrlar