Security Group: "Barselona" Di Mariyani sotib oldi!
23 avg 2017 12:23
Yangiliklar
Security Group: "Barselona" Di Mariyani sotib oldi!
Bugun tongda "Barselona"ning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi klub PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani xarid qilganini elon qildi.
Ushbu yangilik ko'pchilikni shoshirib qo'ydi. 2 daqiqa o'tib Kataloniya klubi "Tvitteri"da yana yangilik elon qilindi. Unda quyidagi so'zlar yozilgan edi.
"Salom "Barselona" klubi. Bu bizning (Security Group) ishimiz. Iltimos, biz bilan bog'laning. Buzib kirganimiz uchun uzr so'raymiz".
Malum bo'lishicha, "Security Group" xakerlari "Barselona" "Tvitteri"ni buzishgan va unda Anxel Di Mariya transferi haqida elon qilishdi. Yana bir necha daqiqa o'tib "Barselona" akkauntida #FCBHack xeshtegini trendga chiqarish haqida xabar elon qilindi. SHunday qilib, Anxel Di Mariyaning "Barselona"ga o'tishi yolg'on bo'lib chiqdi.

championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar