
Ushbu yangilik ko'pchilikni shoshirib qo'ydi. 2 daqiqa o'tib Kataloniya klubi "Tvitteri"da yana yangilik e'lon qilindi. Unda quyidagi so'zlar yozilgan edi.
"Salom "Barselona" klubi. Bu bizning (Security Group) ishimiz. Iltimos, biz bilan bog'laning. Buzib kirganimiz uchun uzr so'raymiz".
Ma'lum bo'lishicha, "Security Group" xakerlari "Barselona" "Tvitteri"ni buzishgan va unda Anxel Di Mariya transferi haqida e'lon qilishdi. Yana bir necha daqiqa o'tib "Barselona" akkauntida #FCBHack xeshtegini trendga chiqarish haqida xabar e'lon qilindi. Shunday qilib, Anxel Di Mariyaning "Barselona"ga o'tishi yolg'on bo'lib chiqdi.
