So’nggi yangiliklar

17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  0 17:01К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  1 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  19 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10

Saylovdan keyingi saylov: SHomurodovni tanlaysizmi yoki Ronalduni? Yangiliklar

Saylovdan keyingi saylov: SHomurodovni tanlaysizmi yoki Ronalduni?

Bugun mamlakat kelajagini belgilovchi muhim kun. Nafaqat mamlakat, balki futbol olamida ham shodiyona. Bugun munis ayollar serialsiz qoladigan oqshom hisoblandi.

Bugungi yashil maydon tomoshalarini ham tanlov asosida jonli kuzatishga majburmiz. Qiziqarli o'yinlarni taklif qilayotgan chempionatlar biri — Italiya A Seriyasining 9-tur bahslari.

Mazkur turda hapdori ichishga majbur qiladigan ikki dramaning guvohi bo'lamiz. Bu haqda biroz keyinroq. Bugungi kun hisobidagi bahslarni esa "Atalanta" — "Udineze" o'yini boshlab beradi.

"Atalanta" — "Udineze"

"Atalanta" ham so'nggi yillarda kuchli jamoalar qatoridan o'rin egallashga intilmoqda. Gasperini shogirdlari chempionatda ochiq o'yin namoyish eta olishi bilan chiroyli futbol tomosha qilishni istagan muxlislarning olqishlariga arzirli jamoa sanaladi. Bir qarasa, jamoa o'zi istagancha gol uradi hamda raqiblarini ham quruq qo'l bilan qatarishni istamaydi. Buni klubning so'nggi uch uchrashuvidagi natijalaridan ham bilib olish mumkin, undagi to'plar nisbati — 8:7. "Udineze" ham shunday o'yin tarafdori, ular ham har bir qaysi tarafga bo'lsa ham gollar shousini amalga oshirish ilinjida maydonda saf tortishadi. Biroq "Atalanta" ular uchun noqulay raqib sanaladi. "Udineze" ushbu raqiblarini so'nggi 7 bahsdan beri mag'lub eta olmayapti. Qolaversa, "Atalanta" etakchilardan ortda qolmaslik uchun jon-jahdi bilan kurashadi. Bugungi o'yinda ham gollar shousini guvohi bo'lamiz degan umiddamiz.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uch uchrashuv:

"Atalanta" — "Udineze" 3:2

"Udineze" — "Atalanta" 1:1

"Udineze" — "Atalanta" 2:3


"Verona" – "Lacio"


Etakchilardan, qolaversa, shahardoshidan ortda qolmaslik uchun kurashatgan jamoalardan yana biri poytaxt jamoasi – "Lacio" "Verona" mehmoni bo'ladi. "Verona" deganda ko'z oldimizga chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashadigan jamoa kelsa-da, oxirgi bahslarda ularning ishtahasi karnay bo'lib bormoqda. Harqalay, o'z o'yida "Roma"ni xafa qilgan klub uning hamshaharlarini mag'lub eta olmaymizmi degan kayfiyatda o'yinga tushishadi. Kimsan "Verona" so'nggi 5 o'yinda 15 ta gol kiritganini inobatga olsak, bu natijaga "Barselona" kabi grandlarning ham "so'lagi oqishi" tabiiy hol. "Burgutlar" esa Evropa ligasidagi nursiz durangdan so'ng uloqni olib ketish uchun mehmonga tashrif buyurishsa, ajabmas. Ushbu bahs ham qolganlaridan qolishmaydi.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uch uchrashuv:

"Verona" – "Lacio" 0:1

"Lacio" – "Verona" 1:2

"Verona" – "Lacio" 1:5


"Fiorentina" – "Kalyari"

Bu o'yinga etibor kuchli bo'lmasa-da, kuzatadiganlar topiladi. Ayniqsa, Vlaxovichni ko'z ostiga olib qo'ygan jamoalarning skautlari futbolchining nima karomat ko'rsata olishini intiqlik bilan kutishadi. Dushan so'nggi 9 bahsda 6 marotaba raqib darvozabonlarini peshonasini tirishtirishga majbur qilgan. "Kalyari" esa uning navbatdagi qurboni bo'lmaslikka hamda ligadagi xavfli zonadan yuqoriroqqa sakrashga intiladi.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uch uchrashuv:

"Kalyari" – "Fiorentina" 0:0

"Fiorentina" – "Kalyari" 1:0

"Fiorentina" – "Kalyari" 0:0


"Roma" – "Napoli"



Maqolaning kulminaciyasi tomon qadam tashlayapmiz. Bir yil avval, ehtimol, ushbu uchrashuv haqida gap ketganda, diqqatimizni unchalik jalb qilolmasdi. Biroq bu yili "bo'rilar" uchun faqatgina bir inson tufayligina jon kuydiramiz. Oxirgi uchrashuvida yosh bolalarcha tarsaki egan rimlik futbolchilar g'azabi atom kabi ustozidan otasidan eshitmagan "shirin so'zlar"ni eshitishgan bo'lsa, ajablanmayman. SHu bois "Roma" pahlavonlari bor alamlarini ushbu o'yindan olishga harakat qilishadi. Biroq raqib "Bude-Glimt"dan-da qudratliroq, A Seriyaning 8 o'yinida 8 g'alabaga erishgan "Napoli" hisoblanadi. "Roma" o'z maydonidagi so'nggi 6 uchrashuvda zafar quchgan. Neapolliklar esa oxirgi 3 bahsda ketma-ket raqiblarini quruq qo'l bilan kuzatib qo'yishgan. "Milan" kechagi g'alabasidan keyin chempionatda 1-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, "Napoli" bugun o'z o'rnini tortib olishga harakat qiladi. "Roma" esa "Special One"ning jahlini chiqarmaslik uchun bor arteliriyasini jangga tashlashi kutilmoqda. Bugungi o'yinda Zaniolo va Smollingning maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. "Napoli"da esa bu borada deyarli muammo yo'q. Ushbu uchrashuvdan biroz ilgariroq Angliyada ham dahshatli jang boshlanadi. Biroq o'zbek sarkardasi ishtirok etishi kutilayotgan to'qnashuv undan kam ahamiyatga ega emas. Garchand, u uchrashuvni zaxirada boshlashi mumkin bo'lsa ham, uning asosiy tarkibda maydonga tushishini hamda o'zining kimligini isbotlab qo'yishiga umid bildiramiz. 

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uch uchrashuv:

"Roma" – "Napoli" 0:2

"Napoli" – "Roma" 4:0

"Napoli" – "Roma" 2:1


"Inter" – "Yuventus"

"Roma"ning o'yini "Manchester Yunayted" — "Liverpul" bahsiga to'g'ri kelgan bo'lsa, bu o'yin PSJ ishtirokidagi o'yin bilan deyarli bir vaqtda boshlanadi. Nufuz jihatdan yuqoridagi chempionat bahslaridan ko'ra yuqoriroqda turadi alamzada jamoalarning to'qnashuvi. Sanab sanog'iga etolmay qolgan bir necha yillik gegemonlikdan so'ng milanliklar "Yuve"ning qulog'ini burab qo'yishdi hamda titulni o'zlariniki qilishdi. Endi uni himoya qilish undan-da ko'proq mashaqqatni talab qiladi. Ayniqsa, raqib sobiq gegemon bo'lsa. Ikkala jamoa ham butun chempionat uchun to'plagan 100 foiz energiyasining kamida yarmini mana shu bahs uchun sarflashi ehtimoldan holi emas. Sababi, o'zaro uchrashuvlar juda katta ahamiyatga ega. Futbolda va undan tashqarida gapirish uchun tayyor manba bo'la oladi. "Keksa senoralar"ga bugungi jangda Di Ligt hamda Dibala yordam berolmasligi mumkin. Turinliklar uchun "Inter" qulay raqib, jamoa so'nggi 13 o'yinning 11 tasida yutqazmagan. Bu statistika ham turinliklarga o'tgan yilgi chempionlikdan mahrumligiga tasalli bo'la oladi. "Inter" esa tili osilib qolsa ham bugun xursand kayfiyatda maydonni tark etishga harakat qiladi. Har holda Messi, Mbappe, Neymar ishtirokidagi uchrashuvdan qiziqroq o'tishi, shubhasiz. Futbol ishqibozlariga esa uxlab qolishni maslahat bermagan bo'lardim.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uch uchrashuv:

"Yuventus" – "Inter" 3:2

"Yuventus" – "Inter" 0:0

"Inter" – "Yuventus" 1:2


Italiya A Seriyasi turnir jadvali

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика