Sayfiddin Ermatov: "Har qanday yoshda ham sport bilan shug'ullanib turish kerak"
23 jan 2016 20:10
Yangiliklar


Sayfiddin Ermatov: "Har qanday yoshda ham sport bilan shug'ullanib turish kerak"
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada qatnashgan oliy liga nazoratchisi Sayfiddin Ermatov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Bugungi turnir yaxshi saviyada tashkil etilgan. Barcha jamoalarning kuchi deyarli tenglini ko'rdik. Bir qator soha vakillari to'planib futbol o'ynadik. Sog'lom turmush tarzini doim qo'llab-quvvatlaymiz. Mamlakatimizda futzal rivojlanib bormoqda. 10 fevralda Osiyo chempionati start oladi. Unda O'zbekiston terma jamoasi munosib qatnashishiga ishonamiz. Bugun o'zimdan ancha yoshlar bilan o'ynab gol ham urdim? Albatta bunga osonlik bilan erishib bo'lmaydi. Bir oydan so'ng 63ga to'laman, har qanday yoshda sport bilan shug'ullanib turish kerak. Haftasiga 3 marta faxriylar bilan yig'ilib futbol o'ynab turamiz. Harakatda gap ko'p", - deydi Sayfiddin Ermatov.
O’xshash yangiliklar
17:16
Otabek Umarov va Ravshan Ermatov Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi 11

Fikrlar