Saydullo Tursunov: "20 yilgi ajoyib damlarni yodga oldik"
28 fev 2016 12:34
Yangiliklar
Saydullo Tursunov: "20 yilgi ajoyib damlarni yodga oldik"
"Navbahor" klubining chempion bo'lganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan uyushtirilgan shoudan so'ng jamoaning sobiq futbolchisi Saydullo Tursunov o'z fikrlarini bildirdi.
"Tadbirdan ajoyib taassurotlar qoldi. Viloyat hokimiga katta rahmat aytaman. Barcha jamoadoshlarimizni yig'ishning o'zi ham bo'lmaydi. 1996 yilda chempion bo'lgan futbolchilar bilan diydorlashdik, o'sha damlarni yodga oldik. G'alabalarning siri murabbiylar shtabi bilan bog'liq edi. Ular barchani o'z joyida o'ynata olishgandi. Jamoada futbolchilar ahil bo'lishsa natija doim ijobiy bo'ladi. Bizda aynan shunday jamoa mavjud edi. Muxlislarga ham katta rahmat aytaman, ular yurtimizda eng zo'rlari. 2016 yilgi mavsumda "Navbahor"ga omad tilayman", - deydi Saydullo Tursunov.
Kamoliddin Alimov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar