Saydullo Rahmatov: "Turkiyadagi o'rtoqlik o'yinlarida natija emas, tajriba muhim"
14 fev 2022 12:40
Yangiliklar


Saydullo Rahmatov: "Turkiyadagi o'rtoqlik o'yinlarida natija emas, tajriba muhim"
Kecha jamoaning mashg'ulotiga tashrif buyurgan saytimiz muxbirlari samarqandliklar futbolchisi Saydullo Rahmatovning fikrlarini oldi.
- "Neftchi" bilan Superligaga chiqdingiz. Farg'onaliklar sizga yangi shartnoma taklif qilishdimi yoki ketish qarori o'zingizdan chiqdimi?
- Avvalo "Neftchi"ni Superligaga qaytgani bilan tabriklayman. Buni o'zimni hissamni qo'shgan bo'lsam xursandman. Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi sifatida bu men uchun faxrli ish, deb bilaman,
- "Dinamo"ning chorlovi qaysi tomonlama qiziq bo'ldi?
- Klubga viloyat hokimi va homiylarning qiziqishi baland va yangicha qarashlarga ega. Ularda jamoaning infratuzilmasini yaxshilash rejasi bor. Ochig'i "Dinamo" taklifi kutilmaganda bo'ldi. Bu jamoa Superligaga chiqmadi, balki qaytdi.
- "Dinamo" bilan bir yillik shartnoma imzoladingiz. Nima uchun ko'p yillik emas? Umuman olganda bunday shartnomalarga munosabatingiz qanday?
- Bir yillik shartnoma tuzdik. Boisi klub tomonidan shunday muddat berildi. Fikrimcha, o'zbek futbolida bir yillik shartnomani normal holat sifatida qabul qilish mumkin. Ko'p yillik kelishuvlar asta-sekin rivojlanyapti. Agarda Evropa bilan taqqoslaydigan bo'lsak, uzoq vaqtli shartnomalarda bandlari ham shunday bo'lishi kerak.
- Turkiyada olib borilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, o'rtoqlik uchrashuvlaridan jamoa nima olyapti?
- Xorijda yig'in o'tkazish har bir jamoaga foydali bo'ladi. Bu erda sifatli maydonlar, Evropa klublari bilan o'rtoqlik o'yinlarida muammolar yo'q. Mazkur o'yinlarda yutish yoki yutqazish, natija emas, tajriba olishimiz muhim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar