Saxovatdan suv ichar ko'ngil
23 mar 2020 21:08
Yangiliklar


Saxovatdan suv ichar ko'ngil
Butun dunyoga koronavirus pandemiyasi xavf solib turgani hech kimga sir emas.
“Qizilqum” PFK rahbariyati tashabbusi bilan xayrli tashabbusga qo'l urildi. Bugun kun davomida klub vakillari Navoiy shahridagi Mehribonlik uylari, bozorlar, odam gavjum joylarda bo'lishib bepul niqob tarqatishdi.
-Klub rahbariyati tashabbusi bilan ushbu xayrli ishga qo'l urdik, -deydi klub tijorat direktori Xurshidjon SHavkatov. – Qo'qon shahridagi “Beton Plita” masuliyati cheklangan jamiyati 10 ming dona tibbiy niqob tikib berish uchun shartnoma tuzgandik. Jamiyat azolari ushbu xayrli ishimizga kamarbasta bo'lishdi. Bizga qisqa muddat ichida sifatli niqoblar tikilib, etkazildi.
Bugun klubimizning jonkuyar xodimlari viloyat markazida tibbiy niqoblarni ehtiyojmand insonlarga bepul tarqatishdi.
#vahimasizkarantin #koronavirus
O’xshash yangiliklar
12:49
Qamchibek Tashiev O'FA rahbariyatini O'zbekiston terma jamoasi JCHga chiqqani bilan tabrikladi 5

Fikrlar