Sautgeyt Keynning pokeridan so'ng: "Agar uni yana maydonda qoldirsam, Runilar oilasidan qo'ng'iroq bo'lardi"

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2021, 09:10
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt San-Marinoga qarshi o'yindan so'ng (10:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"JCH-2022da o'ynash huquqi safarda qo'lga kiritildi - Budapesht, Varshava va Angliyada. Yaxshi yil uchun futbolchi va xodimlarga rahmat aytaman. 

Qanday darajadagi raqiblarga qarshi to'qnash kelish borasida biz xech qanaqa ta’sir ko'rsata olmaymiz. Ammo har bir raqibga qarshi jiddiy tayyorlanamiz. 

Agar Garri Keynni yana yarim soat o'ynatganimda, bizga Runilar oilasidan qo'ng'iroq bo'lardi.

Garri noyob hujumchi, unga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bergandik va u buni uddaladi", - dedi Sautgeyt. 

Ma'lumot uchun, Ueyn Runi 53 ta gol bilan Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Keynning gollari soni esa 48 taga etdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC