So’nggi yangiliklar

08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  0 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1

Sautgeyt Italiyaga yutqazganidan keyin: "Angliyaning o'yinini tanqid qila olmayman, biz yaxshi harakat qildik" Yangiliklar

Sautgeyt Italiyaga yutqazganidan keyin: "Angliyaning o'yinini tanqid qila olmayman, biz yaxshi harakat qildik"

Garet Sautgeyt Italiyaga imkoniyatni boy berib qo'yilgandan keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi (0:1).

"O'yinimizni tanqid qilishga tilim bormaydi. Sababi biz ko'proq to'p bilan muomalada bo'ldik, ko'proq zarba berdik va aniq urinishlarimiz ham raqibdan ko'proq edi.

Uchrashuvning katta qismini biz yaxshiroq o'tkazdik. Biroq muhim pallada himoyada sustkashlikka yo'l qo'ydik.

Hujumda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi va gol urishimiz shart edi, ammo vaziyatlardan unumli foydalanish bugun bizga pand berdi.

Bularning barchasi yakunda tablodagi hisob bizga qarshi bo'lishini taminladi. SHunday bo'lsada, jamoa sifatida bu mag'lubiyatga to'g'ri reakciya bera olamiz.

Ko'p o'yinchilarimiz individual jihatdan kuchli ekanliklarini ko'rsatib berishdi. O'ylashimcha, bugun ko'rsatgan o'yinimiz – bu to'g'ri yo'nalishdagi yana bir qadam.

Nega gol ura olmayotganimizni tushuntirish mushkul. Biz barchasini bajaryapmiz, lekin yakunlovchi zarba etishmayapti", – dedi Angliya termasi ustozi.

Angliya terma jamoasi Italiyaga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Millatlar Ligasining B Ligasiga tushib ketdi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика