Sautgeyt Germaniyaga qarshi gollarga boy bahs xususida to'xtaldi
27 sen 2022 14:59
Yangiliklar


Sautgeyt Germaniyaga qarshi gollarga boy bahs xususida to'xtaldi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Germaniyaga qarshi Millatlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvi (3:3) haqida gapirdi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi qisqa fursatda o'zini tiklab, 0:2 hisobidagi o'yinni o'z tomoniga og'dirgan.
"Futbolchilar uchun og'ir davr bo'ldi. Ular katta bo'lishdi. Biz Jahon chempionatiga boryapmiz — qaysidir vaqtda bosim ostida qolamiz. SHu vaqtga qadar ko'p narsalarni o'rgandik. Futbolchilar oldinga qadam qo'yishlari va jamoa sifatida yanada jipslashishlari kerak", – dedi Sautgeyt.
Eslab qoling. angliyaliklar muddatidan oldin Liga B'ga tushib ketishgan.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar