Sautgeyt Angliya bilan shartnomasini uzaytiradi
08 sen 2021 21:56
Yangiliklar
Sautgeyt Angliya bilan shartnomasini uzaytiradi
Angliya futbol associaciyasi (FA) mamlakat bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi.
51 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2022 yilgi jahon chempionatidan so'ng dekabr oyida yakunlanadi. Angliya futbol associaciyasi mutaxassis bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirmoqchi.
Muzokaralar shu yilning noyabr oyida jahon chempionati saralash bosqichi yakunlanganidan keyin o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Sautgeyt qo'l ostida JCH-2018 yarim finaliga hamda Evro-2020 finaliga chiqdi.
Fikrlar