Sautgeyt Angliya bilan shartnomasini uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2021, 21:56
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) mamlakat bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi.

51 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2022 yilgi jahon chempionatidan so'ng dekabr oyida yakunlanadi. Angliya futbol assotsiatsiyasi mutaxassis bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirmoqchi.

Muzokaralar shu yilning noyabr oyida jahon chempionati saralash bosqichi yakunlanganidan keyin o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Angliya Sautgeyt qo'l ostida JCH-2018 yarim finaliga hamda Evro-2020 finaliga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports