Sautgeyt: "Alliga JCH-2018da asosiy tarkibdan joy bo'lishiga kafolat bermayman"

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 15:51
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Rossiyadagi jahon chempionatida Dele Alliga asosiy tarkibdan joy bo'lishiga kafolat bermasligini aytdi.

"Muammo shundaki, bir poziciyada o'ynovchi ijrochilar juda ko'p. Bizda Markus Reshford, Jessi Lingard, Rahim Sterling, Xarri Keyn, Aleks Oksleyd-Chemberleyn va Jeymi Vardi kabi nomzodlarimiz bor.

Ayni damda kimni jahon chempionatiga olib boradigan futbolchilarni aniqlab olganim yo'q. Qaror qabul qilishim uchun hali vaqt kerak.

Dele Alli ham borib, termaning muhim futbolchisi bo'la oladi. Keyingi haftada uning xatti-harakatlariga alohida e'tibor beraman. Biroq unga JCH-2018da asosiy tarkibdan joy kafolatlay olmayman", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com