"Sautgempton" Uolkott bilan to'laqonli shartnoma imzoladi
18 may 2021 23:35
Yangiliklar
"Sautgempton" Uolkott bilan to'laqonli shartnoma imzoladi
"Sautgempton" o'z rasmiy saytida vinger Teo Uolkott bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi.
32 yoshli futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "avliyolar" tarkibida o'tkazib, 22 o'yinda 3 gol va 3 assist qayd etdi. Iyun oyida futbolchi erkin agent sifatida "Everton"dan ketishi kerak edi, ammo mersisaydliklar uni ertaroq qo'yib yuborishga qaror qildi.
SHu orqali futbolchi "Sautgempton" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Fikrlar