“Sautgempton” bosh murabbiyi klub qarorgohidagi Wi-Fiʼni o'chirtirib qo'ydi. Nega?
28 mar 2019 22:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/486190_original.jpg)
![](/upload/storage/486190_220.jpg)
“Sautgempton” bosh murabbiyi klub qarorgohidagi Wi-Fiʼni o'chirtirib qo'ydi. Nega?
“Sautgempton” ustozi Ralf Xazenxyuttl shogirdlariga jamoa bazasidagi Wi-Fi internet aloqa tizimini o'chirtirib qo'ygani haqida malum qilgan.
“Bu ishni shogirdlarimni o'ylab amalga oshirdim. Avvalgi, klubimda (“RB Leypcig”) ham shu ishni qilgandim. Sababi, futbolchilar kun davomida internet o'yinlarini o'ynashini istamayman. Hozirgi kunda bu kichik muammo emas. Internetga qaramlik narkotik va alkogolga bog'lanib qolishdek gap demakdir. SHu boisdan jamoa qarorgohi va futbolchilar yashash joyini internetdan uzib qo'ydik”, - deydi avstriyalik 51 yoshli mutaxassis.
Malumot o'rnida, “Sautgempton” joriy mavsum APLda 30 ochko to'plagan holda jadvalning 16-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar