Angliya Kubogi. Amaldagi chempion “Arsenal” musobaqa bilan erta xayrlashdi
23 jan 2021 19:20
Yangiliklar


Angliya Kubogi. Amaldagi chempion “Arsenal” musobaqa bilan erta xayrlashdi
Angliya Kubogi 4-bosqich doirasidagi "Sautgempton" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda “to'pchilar” himoyachisi Gabriel tomonidan urilgan avtogol “Sautgempton”ga minimal g'alaba keltirdi va keyingi bosqichga olib chiqdi.
"Sautgempton" – "Arsenal" 1:0 (1:0, 0:0)
"Sent-Meris"
Gol: 1:0 – 24, avtogol Gabriel.
"Sautgempton" – Forster, Bertran, Stivens, Bednarek, Uoker-Piters, Diallo, Armstrong, Uord-Prouz, Uolkott, Ingz (Long, 85), Adams (Nlundulu, 78).
"Arsenal" – Leno, Belerin (Lyakazett, 72), Soaresh, Xolding, Gabriel, Martinelli (Saka, 58), El-Nenni (Parti, 58), Villian, Jaka, Pepe, Nketia.
Ogohlantirishlar: Stivens (56), Bertran (83).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar