Saulning agenti o'yinchining "Atletiko"dan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
15 dek 2020 16:11
Yangiliklar


Saulning agenti o'yinchining "Atletiko"dan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
"Atletiko" yarim himoyachisi Saulning agenti Jonatan Barnett o'yinchining MYUga o'tishi mumkinligiga izoh berdi.
"Aslida Sauldek o'yinchi uchun bezovtalanishga hojat yo'q. U yaxshi holatda va barcha uni ko'plab klublar o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligini biladi.
Ammo, u allaqachon juda katta klubda. Uning "Atletiko" va klubning muxlislari bilan juda ham yaxshi munosabatlari bor.
Barcha yaxshi o'yinchilar boshqa klublar qiziqishiga sabab bo'ladi. Ayrim agentlar bu bilan shug'ullanishlari mumkin, ammo agar ularga OAV kerak bo'lsa, ular yaxshi mutaxassis emaslar.
Jurnalistlar rost va yolg'onni yozishi mumkin, ammo bizning agentligimiz bunda ishtirok etmaydi", - deydi Barnett.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 1

Fikrlar