

“Qachonki jamoadan doim bir kishini tanqid qilishar ekan, bu barcha futbolchilarga ham ta’sir qiladi. Insonlar o'zlarini bunday tutmasliklar lozim. U dunyodagi eng yaxshi posbonlardan biri. Albatta futbolchilik faoliyati davomida yomon vaqtlar ham bo'ladi, ammo De Xeaning shaniga yog'ilayotgan tanqidlar asossiz.
Unga ishonch yetishmayapti, deb o'ylamayman. U kuchli xarakter egasi. Ammo bizning atrofimizda salbiy energiya hosil qilinmoqda va bu hech kimga foyda keltirmaydi. Mavzuni almashtirib, bu salbiy “energiya”ni boshqa manzilga yo'naltirish lozim. Agar David gol o'tkazsa bu faqat uning xatosi emas, barchamizning aybimiz bu. Demak biz tartibliroq harakat qilishimiz lozim”, deya Saulning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com nashri.



