Saudiya Arabistonida o'ynash? Levandovski javob berdi
29 jan 2025 13:35
Yangiliklar
Saudiya Arabistonida o'ynash? Levandovski javob berdi
"Yoshim bilan faxrlanaman - men allaqachon 37 yoshdaman va bundan uyalmayman.
O'zim bo'lishni xohlagan joydaman va mening maqsadim - yosh faqatgina raqam ekanligini isbotlash. Bir necha yillar oldin erishgan muvaffaqiyatlarimga hozir ham erisha olaman.
Menda o'ynashda davom etish xohishi juda yuqori, mashg'ulotlar va o'yinga chiqqanda yuzimda aks etadigan tabassum hali meni tark etmadi. Hamon raqobatlashishga va yangi sovrinlarni qo'lga kiritishga intilaman", - dedi "Barselona" hujumchisi.
Levandovskidan uning Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishini ham so'rashdi.
"Men "Barselona"da klubda ham, muxlislar orasida ham o'zimni juda yaxshi his etyapman. Bu erda baxtliman va o'ynashim mumkin bo'lgan boshqa joylarni umuman o'ylamayman", - dedi Levandovski.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar