Saudiya Arabistoni uchun keyingi bekat - JCH saralash o'yini
26 mar 2021 12:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627322_original.jpg)
![](/upload/storage/627322_220.jpg)
Saudiya Arabistoni uchun keyingi bekat - JCH saralash o'yini
JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni kecha Quvaytga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida Abdulloh Al Amri tomonidan kiritilgan gol saudiyaliklarga kichik g'alabani taqdim etdi. Endi bu jamoaning navbatdagi bahsi 30 mart kuni rasmiy maqomda bo'ladi. Saudiya Arabistoni JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Falastin bilan bahs olib boradi.
Agar bu uchrashuvda saudiyaliklar g'alaba qozonsa, turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib olishadi. Falastin bilan bo'ladigan o'yin ham Ar Riyod shahrida tashkil etiladi.
Quvayt esa endilikda BAAga safar qilib, u erda dushanba kuni Livanga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi. Quyida kecha bo'lib o'tgan Saudiya Arabistoni - Quvayt o'yinidan suratlarni keltirib o'tamiz.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar