Nikimbaev: "Saudiya Arabistoni U19 - O'zbekiston U19 uchrashuvida mushtlashuv sodir bo'lgan"
28 noy 2019 15:14
Yangiliklar
Nikimbaev: "Saudiya Arabistoni U19 - O'zbekiston U19 uchrashuvida mushtlashuv sodir bo'lgan"
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida yozishicha, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Osiyo chempionati saralash o'yinida raqiblari bilan janjal uyushtirgan.
"Saudiya Arabistonidagi hamkasblarimning aytishicha, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashi o'yinidan so'ng ularning va bizning terma jamoa vakillari maydonda mushtlashib ketishgan. Menda o'sha voqea yakuni aks etgan video bor. Ammo OFK intizom qo'mitasi o'z qarorini malum bo'lmaguncha videoni elon qilmayman. Bu qaror kelasi yil oktyabr oyida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan terma jamoa uchun yoqimsiz bo'lishi kutilyapti. Mushtlashuv haqidagi yangilik bu terma jamoa rahbariyatidagi kutilmagan o'zgarishlarga tushuntirish bo'lishi mumkin" - deb yozda Nikimbaev.
Championat.asia sayti bu vaziyat bo'yicha O'FAga murojaat qildi. Yaqin vaqt ichida O'FA ushbu vaziyatga oydinlik kiritadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar