So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  0 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  5 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

Saudiya Arabistoni U-20 murabbiyi: "Asosiy terma jamoamiz erishayotgan natijalar – bolalar va o'smirlar futbolida olib borilayotgan harakatlarning natijasi" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U-20 murabbiyi: "Asosiy terma jamoamiz erishayotgan natijalar – bolalar va o'smirlar futbolida olib borilayotgan harakatlarning natijasi"

Saudiya Arabistoni U-20 termasi bosh murabbiyi Solih Al Muhammadi 1-tur doirasidagi Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Turnirda jamoadan nima kutsak boladi?

Avvalambor, ushbu matbuot anjumanida qatnashganimdan xursandman, etiboringiz uchun tashakkur. Ushbu musobaqa barcha jamoalarga foyda bo'ladi deb o'ylayman. Saralash bosqichidan so'ng katta turnir vaqti keldi, bizning futbolchilar o'zini yaxshi ko'rsatadi degan umiddaman. Jamoamizdan umilarim katta.

- Saudiya Arabistoni terma jamoasi so'nggi marotaba o'tkazilgan Osiyo Kubogi g'olibi. Ushbu musobaqada titulni himoya qila olasizlarmi?

- Turnirda kuchli jamoala ko'p, titulni himoyasiga keladigan bo'lsak, qiyin vazifa va bizga oson bo'lmasligi aniq. Asosiy maqsadimiz – Jahon chempionatiga yo'l olish. Birinchi navbatda, guruhdan chiqib olishni rejalashtirganmiz. Jamoamiz musobaqaga tayyorgarlik jarayonida bir nechta o'yinchini yo'qotdi. Jarohatlangan futbolchilar o'z klublariga jo'nab ketishdi.

- Guruhda kuchli jamoalar ko'p. Ertaga to'qnash keladigan raqibingiz Qirg'iziston terma jamoasi haqida fikringiz?

- Osiyo Kubogi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan har bir jamoa juda kuchli. Guruhimizda ham juda kuchli raqiblar bor. Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechadigan birinchi uchrashuvimiz oson o'tmasligi aniq.

- Qirg'iz Respublikasi iqlimi Toshkentniki bilan bir xil. Ob-havo futbolchilaringizga muammo tug'dirmadimi?

- Ha, ob-havoda farq bor. Qirg'iziston uchun esa ko'nikishga vaqt talab etilmaydi va bu ularga kichik ustunlik beradi. Biz esa musobaqa qaerda va qachon bo'lishini bilar edik va avvaldan havo haroratini hisobga olib qo'yganmiz.

- Oxirgi yillarda Saudiya Arabistoni futbolchi katta rivojlanishga erishdi. Ushbu o'sish faqat kattalar terma jamoasiga taalluqlimi yoki Saudiya Arabistonida yoshlar futboliga ham etibor kattami?

- Bizning asosiy terma jamoamiz erishayotgan natijalar, bolalar va o'smirlar futbolida olib borilayotgan harakatlarning natijasi deb o'ylayman, Saudiya Arabistonida turli yosh toifasidagi terma jamoalarga etibor yuqori va bu futbolimizga foyda keltiradi.

U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi Saudiya Arabistoni – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida 17:00 da start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика