Saudiya Arabistoni terma jamoasining uch nafar etakchi futbolchisi Olimpiadaga boradi
19 iyu 2021 01:18
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni terma jamoasining uch nafar etakchi futbolchisi Olimpiadaga boradi
Sportning futbol turi bo'yicha musobaqada Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoa bosh murabbiyi Saad Al SHehrining aytishicha, shu kunlarda yakuniy tarkib malum bo'ladi.
SHunisi aniqki, 3 nafar yoshi katta futbolchi sifatida milliy jamoa etakchilari - Salmon Al Faraj, Salim Al Dovsari va Yosir Al SHahroni ham Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlariga borishadi. Bilasiz, har uchala futbolchi JCH saralash bahslarida o'zlarini ko'rsata olishdi.
Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi 23 iyun kuni Ar Riyodda yig'ilib, 14 iyulga qadar yig'in o'tkazadi. Bu jamoaning musobaqa oldidan beshinchi, yani oxirgi yig'ini bo'ladi.
Olimpiya o'yinlarida har bir terma jamoa 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan tashrif buyuradi. Lekin musobaqa reglamentiga ko'ra, uch nafar yoshi katta futbolchini qo'shib olsa bo'ladi. SHu bois saudiyaliklar murabbiyi "Al Hilol" etakchilaridan foydalanishga qaror qildi.
Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi Olimpiadada Braziliya, Germaniya va Kot-d'Ivuarga qarshi guruh bahslarini o'tkazadi. Olimpiya o'yinlarida futbol uchrashuvlari 22 iyuldan start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar