Saudiya Arabistoni. Masharipov zaxiradan tushgan o'yinda jamoasi yirik hisobda yutqazdi
12 fev 2022 08:04
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni. Masharipov zaxiradan tushgan o'yinda jamoasi yirik hisobda yutqazdi
Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 20-turida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan "Al Nassr" jamoasi etakchi "Al Ittixod"ga qarshi o'yin o'tkazdi.
Uchrashuv mezbon "Al Ittixod"ning yirik - 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov 80-daqiqada Gonsalo Martinesning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi.
Eslatib o'tamiz, chempionatda ayni paytda 47 ochko bilan "Al Ittixod" yaqqol etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Al SHabab"da 40 ochko bor. "Al Nassr" esa 38 ochko to'plab, uchinchi o'rindan joy olgan.
Al Ittihad Romarinho - 6', Abdulaziz Al Bishi - 31', Abderrazak Hamdallah - 68' |
Saudi Professional League . 20-tur 11/02/2022, 22:20 0
:
3
Tugadi
|
Al Nassr FC |
45'
90'
Fikrlar